Ko'rsatkichlar metodikasi

Oxirgi yangilanish: 2026-09-02

Printsip

Sindex'dagi har bir raqam yonida uning manbasi yoziladi. Biz Impact Factor o'ylab topmaymiz, "kafolatlangan indekslash" va'da qilmaymiz va hech qanday ko'rsatkichni pulga sotmaymiz. Ko'rsatkich hisoblab bo'lmaydigan joyda "hisoblanmaydi" deb yozamiz: soxta aniqlik ko'rsatmaymiz.

Manbalar

Sindex korpusimaqolalar, jurnallar, ko'rishlar: o'z bazamiz (jurnal OAI-PMH arxivlaridan yig'ilgan)
OpenAlexxalqaro qidiruv soni, iqtiboslar: ochiq katalog (CC0)
Zenodo / DOAJfederativ qidiruvdagi qo'shimcha bazalar: har natijada belgilanadi

Ko'rishlar va yuklab olishlar

Kunlik agregat holida saqlanadi. Qidiruv tizimlari va bot-kraulerlarning tashriflari hisoblanmaydi (User-Agent bo'yicha filtrlanadi). Xom (foydalanuvchi-darajasidagi) loglar saqlanmaydi.

Jurnal sifat kartasi

Har jurnal sahifasidagi karta 5 ta faktdan iborat: litsenziya, APC (nashr to'lovi: bo'lmasa "bepul" deb ochiq yoziladi), taqriz siyosati e'lon qilingani, DOI qamrovi (nechta maqolada haqiqiy, doi.org'da ochiladigan DOI bor) va OAK ro'yxati holati. Bular reyting emas: faktlar.

DOI

Sindex faqat haqiqiy, xalqaro rezolverda (doi.org) ochiladigan DOI'larni ko'rsatadi. Rezolvda ochilmaydigan identifikatorlar DOI sifatida ko'rsatilmaydi.

SJK (Sindex Jurnal Ko'rsatkichi)

Jurnal darajasidagi yagona kompozit ko'rsatkich. Oyda bir marta qayta hisoblanadi, formulasi to'liq ochiq:

SJK = 50·pct(C) + 30·pct(U) + 20·Q   (0–100)

C2 yillik o'rtacha iqtiboslilik — manba: OpenAlex (ISSN orqali). Topilmasa 0 deb olinadi va bu ochiq belgilanadi.
Ulog10(1 + ko'rishlar / maqolalar) — manba: Sindex analitikasi (botlar hisoblanmaydi).
QSifat-to'liqlik (0–1): 40% DOI qamrovi + 15% ISSN + 15% litsenziya + 15% taqriz siyosati + 15% annotatsiya qamrovi.
pct()Sindex korpusidagi persentil — kichik va katta jurnal teng sharoitda (hamma narsa maqola boshiga).

Cheklovlar (halol yozamiz): SJK — Impact Factor EMAS va uni almashtirmaydi. 10 tadan kam nashri bor jurnalga hisoblanmaydi. Iqtibos ma'lumoti OpenAlex qamroviga bog'liq: O'zbekiston jurnallari u yerda hali to'liq emas, shuning uchun C komponenti ko'p jurnalda past. Har oy qiymat o'zgarishi mumkin: eski qiymatlar arxivda saqlanadi.

Nima uchun muallif "balli" yo'q

Muallif sahifasida faqat faktlar ko'rsatiladi: maqolalar soni, iqtiboslar (manbasi bilan), ko'rishlar. Mualliflarni bitta kompozit raqamga siqish ilmiy sifatni emas, faollikni o'lchaydi va suiiste'molga ochiq: shuning uchun bunday ball Sindex'da yo'q.

Savollar: info@in-academy.uz