Фарғона методика мактаби 1-son (2025) · 134-140-betlar
KITOBXONLIKNI RIVOJLANTIRISHDA ELEKTRON KITOBLAR VA ELEKTRON KUTUBXONALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Qodirova Odinaxon Xayitboyqizi
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy jamiyatda inson ehtiyojlarining o‘zgarishi fonida elektron kutubxonalar fenomeni tahlil etiladi. Axborot asrida bilim olish vositalarining raqamli shakllarga o‘tishi elektron kutubxonalarni muhim infratuzilmaviy elementga aylantirmoqda. Maqolada elektron kutubxonaning kelib chiqish tarixi, uning ta’rifi, imkoniyatlari, afzallik va kamchiliklari bayon qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston tajribasi, xususan TATU elektron kutubxonasi va ZiyoNET portali faoliyati misolida amaliy jihatlar yoritilgan. Elektron kutubxonalar 24 soat foydalanish, joy tejalishi, ekologik xavfsizlik kabi ustunliklarga ega bo‘lsa-da, ko‘z charchoqlari, matn sifatining pastligi kabi muammolar ham mavjud. Tadqiqotda kontent tahlili va qiyosiy metodlar asosida ilmiy va huquqiy manbalar o‘rganilgan. Xulosa sifatida, elektron kutubxonalar bilim olish, mustaqil o‘rganish va tafakkurni rivojlantirishda muhim rol o‘ynashi ta’kidlanadi. Ularning samaradorligi esa texnik baza, mutaxassis malakasi va ta’lim tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir.
kitobxonlik, elekron kutubxona, Internet, veb-sayt, axborot, texnologiya, e-book, ma’lumot, raqamlashtirish, axborot texnologiyalari, raqamli resurslar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.