Фарғона методика мактаби 1-son (2025) · 161-166-betlar
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA KREATIV KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Najmiddinova Saodat Abduvohid qizi
Annotatsiya
Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda kreativ (ijodiy) kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishning nazariy hamda amaliy jihatlari pedagogik nuqtai nazardan tahlil etilgan. Kreativ kompetentlik — bu shaxsning yangicha fikrlay olishi, muammolarga noodatiy yondashuvi, innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llay bilish salohiyati bilan bog‘liq sifatdir. Maqolada kreativ kompetentlik tushunchasining mazmun-mohiyati ochib berilib, uning tarkibiy komponentlari (ijodiy tafakkur, mustaqil qaror qabul qilish, muammoni hal qilish ko‘nikmalari) ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali bo‘lajak o‘qituvchilarni kreativ kompetentlikka yo‘naltirishda ta’lim muassasalari oldida turgan dolzarb vazifalar va samarali metodlar ko‘rib chiqilgan. Maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar ham tahlil qilinib, ularni milliy ta’lim tizimida qo‘llash imkoniyatlari asoslab berilgan.
kreativ kompetentlik, bo‘lajak o‘qituvchi, ijodkorlik, pedagogik yondashuv, innovatsion ta’lim, tafakkur, kreativ metodika, kasbiy tayyorgarlik, ta’lim sifati.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.