Фарғона методика мактаби 2-son (2025) · 149-154-betlar
Bo‘lajak pedagoglarda inklyuziv kompetentlikni rivojlantirish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlari
Saydullayeva Azizaxon Raximovna, Ro‘ziyeva Ko‘hinur Lazizbek qizi
Annotatsiya
Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarda inklyuziv kompetentlikni rivojlantirish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil etilgan. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda inklyuziv yondashuvni shakllantirishning nazariy va amaliy asoslarini aniqlashdir. Ishda tahlil, kuzatish, suhbat, pedagogik modellashtirish va tajriba metodlaridan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, shaxsga yo‘naltirilgan va amaliy yondashuv asosida tashkil etilgan o‘quv jarayoni bo‘lajak pedagoglarda empatiya, bag‘rikenglik, individual yondashuv va moslashuvchanlik ko‘nikmalarini samarali shakllantiradi. Inklyuziv kompetentlikni rivojlantirish pedagogik ta’limda insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlab, har bir o‘quvchining teng imkoniyatlar asosida ta’lim olishiga zamin yaratadi.
inklyuziv ta’lim, pedagog, kompetentlik, metodika, empatiya, bag‘rikenglik, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, adaptatsiya, teng imkoniyatlar, ijtimoiy integratsiya, modellashtirish, tajriba.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.