Фарғона методика мактаби 2-son (2025) · 137-142-betlar
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq rivojlanishining psixolingvistik asoslari
Maxmudova Oygul Toxirjonovna, Mirzayeva Risolatxon Shokirjon qizi
Annotatsiya
Ushbu maqolada psixolingvistika tili va tafakkur o‘zaro aloqasi, nutqishlab chiqarish va idrok etish jarayonlarini hamda tilni o‘zlashtirish mexanizmlaritadqiq qilinadi. Ushbu fan lingvistika va psixologiya chorrahasida XX asr o‘rtalaridashakllangan bo‘lib, 1960-70-yillarda mustaqil yo‘nalish darajasiga ko‘tarilgan – bu esabolalar nutqini yanada chuqurroq o‘rganish uchun imkoniyat yaratdi. Yana bir muhimnazariy prinsip – bu nutq va tafakkur dialektikasidir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,fikrning moddiy asosi – nutqdir, ya’ni til fikrni ifodalash vositasi bo‘libgina qolmay, fikrnishakllantiruvchi vosita hamdir. Demak, inson tafakkuri va nutq jarayoni o‘zarochambarchas bog‘liq: til vositasida fikrlash amalga oshadi va aksincha, tafakkurjarayonlari nutq tuzilishida namoyon bo‘ladi. Nutq va tafakkur birligi psixolingvistiktadqiqotlarning markaziy g‘oyalaridan biri bo‘lib, bu tamoyil L.S.Vigotskiy, A.A.Leontevkabi olimlar tomonidan ham ta’kidlangan.
psixolingvistika, nutqiy faoliyat, kognitiv rivojlanish, ijtimoiy muloqot, antroposentrik tamoyil, emotsional muloqot.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.