Фарғона методика мактаби 2-jild 3-son (2025) · 51-55-betlar
Duduqlanuvchi bolalar bilan ishlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar
Isodullayeva Iqboloy Sodiqjonovna, Abdulahatova O‘g‘iloy Baxtiyorjon qizi
Annotatsiya
Ushbu maqolada duduqlanish, ya’ni nutqning buzilishi bo‘g‘inlar yoki tovushlarning to‘xtab qolishi, takrorlanishi va ritmiy noaniqliklar bilan namoyon bo‘ladigan holat sifatida tahlil qilinadi. Maqolada duduqlanishning kelib chiqish sabablari, klinik alomatlari, psixologik va ijtimoiy asoratlari hamda bolalarning nutq rivojlanishiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, duduqlanishni bartaraf etish, oldini olish va nutqni normallashtirish bo‘yicha amaliy metod va korreksion usullar, shu jumladan logopedik mashg‘ulotlar, interfaol mashqlar va ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tavsiyalari taqdim etilgan. Tadqiqot natijalari pedagoglar, logopedlar va maxsus ta’lim mutaxassislari uchun duduqlanish bilan og‘rigan bolalar bilan ishlashda ilmiy-amaliy yo‘riqnoma vazifasini bajaradi.
logomashq, tutilish, etiologiya, anatomik-fiziologik, asfiksiya, klonik, tonik, fonetik-fonematik, leksik-grammatik
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.