Фарғона методика мактаби 2-jild 3-son (2025) · 138-143-betlar
Nutqiy rivojlanishda muammosi bor bolalarda fonematik eshituvni shakllantirishning samarali usullari
Turg‘unov Mirjalol Mirzaxamdam o‘g‘li, O‘ktamova Mardona Elyor qizi
Annotatsiya
Ushbu maqolada nutqiy rivojlanishida muammolari mavjud bo‘lgan bolalarda fonematik eshituvni shakllantirishning samarali pedagogik va logopedik usullari yoritilgan. Fonematik eshituv nutq tovushlarini farqlash, tahlil qilish va ularning semantik ahamiyatini anglash jarayonini ta’minlovchi asosiy psixolingvistik mexanizm hisoblanadi. Tadqiqotda fonematik eshituvni rivojlantirishga yo‘naltirilgan maxsus mashqlar, o‘yin texnologiyalari va multimodal metodlardan foydalanildi. Olingan natijalar tizimli va bosqichma-bosqich tashkil etilgan korreksion-pedagogik ishlar bolalarning nutqiy rivojlanish darajasini sezilarli yaxshilashini ko‘rsatdi.
fonematik eshituv, nutqiy rivojlanish, logopedik mashqlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.