Фарғона методика мактаби 2-jild 3-son (2025) · 191-195-betlar
Raqamli texnologiyalar yordamida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarida kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari
Xayitov Jonibek Xolboboyevich
Annotatsiya
Ushbu maqola raqamli texnologiyalar yordamida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda kreativlik tushunchasi, uning pedagogik jarayondagi o‘rni va texnologik fanlarni o‘qituvchi mutaxassislarning shaxsiy va professional rivojlanishidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar, jumladan interaktiv dasturlar, virtual laboratoriyalar va onlayn platformalarning o‘qituvchilarning ijodiy yondashuvlarini shakllantirishdagi roli ko‘rib chiqiladi. Maqola nazariy asoslarni tadqiq qilish orqali, texnologiya fani o‘qituvchilarining kreativlik darajasini oshirishda raqamli resurslardan samarali foydalanish yo‘llarini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot natijalari innovatsion pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etish, o‘qituvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
kreativlik, raqamli texnologiyalar, pedagogik innovatsiya,. raqamlashtirish, kasbiy kompetentlik, STEAM yondashuv.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.