Фарғона методика мактаби 1-son (2026) · 39-43-betlar
Ingliz tili talabalarining yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi metodlar
Abdiolimova Qizlarxon Subhonali qizi
Annotatsiya
Yozma nutq ko'nikmasi chet tilini o'rganish jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Ingliz tilini o'rganayotgan talabalar ko'pincha fikrlarini aniq va mantiqiy tarzda ifodalashda qiyinchiliklarga duch keladilar. Shu sababli yozma nutqni rivojlantirishda samarali pedagogik metodlardan foydalanish zarur. Mazkur maqolada talabalar yozma nutqini shakllantirishda qo'llaniladigan metodlar, jumladan kommunikativ metod, kontekstual o'qitish, jarayonga asoslangan yondashuv va integratsiyalashgan Process-Genre metodlari tahlil qilinadi. Maqolada metodlarning nazariy asoslari, amaliy qo'llanilishi va talabalarga ta'siri muhokama qilinadi.Shuningdek, yozma nutqni rivojlantirishda qo'llaniladigan amaliy topshiriqlar va pedagogik tavsiyalar ham keltiriladi.
yozma nutq, ingliz tili o'qitish, kommunikativ metod, kontekstual o'qitish, yozish ko'nikmasi, akademik yozuv.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.