Фарғона методика мактаби 2-нөмір (2026) · 24-28-беттер
Pedagogik aksiologiya va aksiologik kompetentlik tushunchasining mazmuni va mohiyati
Siddikov Baxtiyor Saidkulovich, Valiyeva Dilshoda Ikromjon qizi
Аңдатпа
Mazkur ilmiy maqolada aksiologiya va aksiologik kompetentlik tushunchalarining nazariy-metodologik asoslari tahlil qilinadi hamda ularning pedagogik jarayondagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqot davomida aksiologiyaning qadriyatlar haqidagi ta’limot sifatidagi mohiyati, shuningdek, aksiologik kompetentlikning pedagog shaxsining muhim integrativ sifati ekanligi yoritilgan. Aksiologik kompetentlikning tarkibiy komponentlari — kognitiv, emotsional va faoliyatli jihatlari aniqlashtirilib, ularning o‘zaro uyg‘unligi pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, ta’lim jarayonida aksiologik yondashuvni qo‘llashning o‘quvchilar shaxsini ma’naviy-axloqiy rivojlantirishdagi o‘rni ochib berilgan. Tadqiqot natijalari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda aksiologik kompetentlikni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari va amaliy mexanizmlari taklif etilgan.
aksiologiya, qadriyat, aksiologik kompetentlik, pedagogik faoliyat, kompetensiya, ta’lim jarayoni, shaxs rivoji, ma’naviy-axloqiy tarbiya, aksiologik yondashuv.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.