Фарғона методика мактаби 1-son (2026) · 281-286-betlar
Bo‘lajak o‘qituvchilarda axboriy-analitik kompetentlikni rivojlantirishning “Pentagon” texnologiyasi
Madaliyev Baxtiyorjon Egamberdi o‘g‘li
Annotatsiya
Maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda axboriy-analitik kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi “Pentagon” texnologiyasining mazmuni, bosqichlari va dars jarayonidagi ishlash mexanizmi yoritilgan. Texnologiya yo‘naltiruvchi, o‘zlashtiruvchi, amalda qo‘llash, aksiologik va natijaviy bosqichlar orqali axborotni izlash, saralash, tekshirish, tahlil qilish, pedagogik vaziyatga mos interpretatsiya etish hamda refleksiv baholash amallarini yagona didaktik siklga birlashtiradi. Tadqiqotda kompetensiyaviy, tizimli, faoliyatli, aksiologik va refleksiv yondashuvlar asosida “Pentagon” texnologiyasining pedagogik imkoniyatlari asoslanadi.
axboriy-analitik kompetentlik, Pentagon texnologiyasi, bo‘lajak o‘qituvchi, mediasavodxonlik, axborot madaniyati, fakt-cheking, verifikatsiya, tanqidiy fikrlash, pedagogik qaror, refleksiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.