Фарғона методика мактаби 3-son (2026) · 59-63-betlar
Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda jismoniy faollikni oshirishda individual yondashuv metodikasi
Uraimov Sanjar Ruzmatovich, Shermatova Nilufarxon Rahimjon qizi
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada imkoniyati cheklangan o‘quvchilarda jismoniy faollikni oshirishda individual yondashuv metodikasining nazariy va amaliy asoslari kompleks ravishda tadqiq etildi. Tadqiqot jarayonida o‘quvchilarning antropometrik ko‘rsatkichlari, funksional holati, psixofiziologik xususiyatlari hamda harakat imkoniyatlari pedagogik va funksional testlar asosida baholandi. Individual moslashtirilgan jismoniy mashqlar dasturining samaradorligi statistik jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari individual yondashuv asosidagi mashg‘ulotlar o‘quvchilarning jismoniy faolligini oshirish, koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish, psixologik motivatsiyasini kuchaytirish hamda ijtimoiy moslashuvini yaxshilashda yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot xulosalari adaptiv jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirish va inkluziv ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
imkoniyati cheklangan o‘quvchilar, jismoniy faollik, individual yondashuv, adaptiv jismoniy tarbiya, inkluziv ta’lim, reabilitatsiya, pedagogik monitoring, motor faoliyat, funksional diagnostika.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.