Фарғона методика мактаби 3-son (2026) · 93-98-betlar
Talabalarda zararli odatlarga qarshi kurashishda oliy ta’lim muassasalarida mavjud pedagogik shart-sharoitlar
Saydullayeva Azizaxon Raximovna, Nabiyeva Mohichehra Elyorjon qizi
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarda zararli odatlarga qarshi kurashish jarayonida mavjud pedagogik shart-sharoitlarning mazmun-mohiyati, ularning tarbiyaviy va profilaktik imkoniyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda tarbiyaviy ishlarning innovatsion shakllaridan foydalanish orqali zararli odatlarga nisbatan barqaror salbiy munosabatni shakllantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, talabalarda sog‘lom turmush tarzi, ijtimoiy mas’uliyat va ma’naviy immunitetni rivojlantirishda pedagogik shart-sharoitlarning samaradorligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida profilaktik tarbiya tizimini takomillashtirish va yoshlarni zararli odatlardan himoya qilishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
talabalar, zararli odatlar, oliy ta’lim muassasasi, pedagogik shart-sharoitlar, profilaktik tarbiya, sog‘lom turmush tarzi, ma’naviy immunitet, psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash, tarbiyaviy ishlar, ijtimoiy mas’uliyat.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.