Фарғона методика мактаби 3-son (2026) · 223-226-betlar
Nutqida kamchiliklari bo‘lgan bolalarda psixologik qiyinchiliklarning namoyon bo‘lishi va ularni korreksiyalash yo‘llari
Sharipov Mirjalol Jamoladdin o‘g‘li
Annotatsiya
Mazkur maqolada nutqida kamchiliklari bo‘lgan bolalarda yuzaga keladigan psixologik qiyinchiliklar hamda ularni korreksiyalash yo‘llari tahlil qilingan. Nutqning bolaning muloqoti, tafakkuri, emotsional holati va ijtimoiy moslashuvidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, artikulyatsion, fonetik-fonematik, leksik-grammatik va nutqning temp-ritmik buzilishlarining bolaning psixologik rivojlanishiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Nutqida kamchiliklari bo‘lgan bolalarda o‘ziga ishonchsizlik, tortinchoqlik, muloqotdan chekinish, hissiy zo‘riqish va ijtimoiy faollikning pasayishi kabi psixologik qiyinchiliklar namoyon bo‘lishi mumkinligi asoslangan. Maqolada logopedik, pedagogik va psixologik yordamni kompleks tashkil etish, o‘yin va interaktiv mashg‘ulotlardan foydalanish hamda oila va ta’lim muassasasi hamkorligining ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
nutq buzilishi, nutq kamchiligi, bola psixologiyasi, psixologik qiyinchiliklar, logopediya, muloqot, o‘ziga ishonch, ijtimoiy moslashuv, korreksion yordam.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.