Фарғона методика мактаби 2-son (2026) · 252-258-betlar
Xalqaro grant loyihalarining oliy ta’limni rivojlantirishdagi ahamiyati va talaba- yoshlarda madaniyatlararo kompetentlikni shakllantirish imkoniyatlari
Shodiyeva Shohsanam Furqatovna
Annotatsiya
Mazkur maqolada globallashuv sharoitida xalqaro grant loyihalarining oliy ta’lim tizimini rivojlantirishdagi ahamiyati hamda ularning talaba-yoshlarda madaniyatlararo kompetentlikni shakllantirish imkoniyatlari ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Zamonaviy oliy ta’limning baynalmilallashuvi, akademik mobillikning kengayishi, universitetlararo xalqaro hamkorlikning rivojlanishi va ilmiy-ta’limiy loyihalarning transmilliy xarakter kasb etishi xalqaro grantlarning pedagogik imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda. Maqolada Erasmus+, Erasmus+ Capacity Building in Higher Education, Cooperation Partnerships, Jean Monnet Actions, Horizon Europe hamda Marie Skłodowska-Curie Actions kabi xalqaro grant va moliyalashtirish mexanizmlarining mazmuni hamda ularning talaba-yoshlarning madaniyatlararo kompetentligini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Xalqaro grant loyihalari doirasidagi akademik mobillik, qo‘shma tadqiqotlar, xalqaro seminarlar, loyiha faoliyati, xorijiy talabalar va tadqiqotchilar bilan hamkorlik, raqamli muloqot hamda tajriba almashinuvi madaniyatlararo bilim, ochiqlik, empatiya, tolerantlik, kommunikativ moslashuvchanlik va refleksivlikni rivojlantiruvchi pedagogik omillar sifatida asoslangan. Tadqiqot natijasida xalqaro grantlarning samaradorligi ularning moliyaviy imkoniyatlari bilangina emas, balki talaba-yoshlarni faol xalqaro ta’limiy va ilmiy hamkorlikka jalb etish darajasi bilan ham belgilanadi, degan xulosaga kelinadi.
xalqaro grant, grant loyihasi, globallashuv, oliy ta’lim, xalqaro hamkorlik, Erasmus+, Horizon Europe, akademik mobillik, madaniyatlararo kompetentlik, madaniyatlararo muloqot, talaba-yoshlar, xalqaro ta’lim, empatiya, tolerantlik, refleksiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.