Фарғона методика мактаби 2-son (2026) · 259-266-betlar
Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida pedagogik liderlik kompetensiyalarini rivojlantirishning shakl, metod va vositalari tizimi
Jumanov Lochinbek Habibulla o‘g‘li
Annotatsiya
Mazkur maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida pedagogik liderlik kompetensiyalarini rivojlantirishda qo‘llaniladigan shakl, metod va vositalar tizimi ilmiy-nazariy jihatdan asoslanadi va amaliy jihatdan taqdim etiladi. Tadqiqot muammosi shundan iboratki, mahalliy pedagogika amaliyotida shakl, metod va vositalarni pedagogik liderlik kompetensiyasi bloklari bilan maqsadli bog‘lovchi yagona tizim mavjud emas. Tadqiqot metodologiyasi sifatida ilmiy adabiyotlarni tahlil va sintez qilish, tizimlashtirish, qiyosiy tahlil hamda modellashtirish metodlaridan foydalanildi. O‘qitish shakllari (frontal, guruhiy, juftlik, individual, loyihaviy, aralash) va metodlar (transformatsion, distributsion, muammoli, hamkorlikka asoslangan, loyihaga asoslangan, refleksiv va raqamli o‘qitish) tizimli tasniflanib, ularning pedagogik liderlik kompetensiyalariga ta’siri tahlil qilinadi. Muallif tomonidan shakl-metod-vosita integratsion matritsasi har bir kompetensiya bloki uchun eng samarali kombinatsiyalar tizimi ilk bor taqdim etiladi. Maqola natijalari dissertatsiyaning integrallashgan metodik tizimida shakl, metod va vositalarni optimal tanlash va qo‘llash uchun amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
o‘qitish shakllari, o‘qitish metodlari, vositalar, pedagogik liderlik, transformatsion o‘qitish, distributsion o‘qitish, refleksiv o‘qitish, EFL o‘qituvchisi, integratsion matritsa.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.