Фарғона методика мактаби 2-нөмір (2026) · 298-303-беттер
To‘qimachilik muhandisligi talabalarida ixtirochilik kompetensiyalarini shakllantirish uchun vitagen ta’lim berish texnologiyasining ahamiyati
Shokirov Xasanboy Tuychiboy o‘g‘li
Аңдатпа
Mazkur maqolada texnika oliy ta’lim muassasalarining to‘qimachilik muhandisligi ta’lim yo‘nalishlaridagi talabalarda ixtirochilik (innovatsion fikrlash va ijodiy yondashuv) qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish uchun vitagen ta’lim berish texnologiyasining ahamiyati o‘rganilgan bo‘lib, bo‘lajak muhandislarni vitagen ta’lim texnologiyasini o‘quv jarayonlarida qo‘llash orqali texnik tafakkur, ijodkorlik, kreativ fikrlash kabi qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin ekanligi asoslangan. Vitagen ta’lim texnologiyasi talabalarning hayotiy tajribasi, shaxsiy kuzatuvlari va amaliy faoliyatini o‘quv jarayoni bilan integratsiya qilish orqali ularning mustaqil fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqotda ushbu yondashuvning to‘qimachilik sohasidagi texnologik jarayonlarni chuqur anglash, muammolarni ijodiy hal etish hamda yangi g‘oyalar va texnik еchimlarni ishlab chiqishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, vitagen texnologiyasi asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni talabalarni innovatsion faoliyatga yo‘naltirishi, ularning kasbiy kompetensiyasini oshirishi va ixtirochilik salohiyatini rivojlantirishi ta’kidlanadi. Maqolada ushbu yondashuvni amaliy ta’lim jarayoniga tatbiq etishning samaradorligi va istiqbollari ham ko‘rib chiqiladi.
to‘qimachilik muhandisligi, ixtirochilik, vitagen ta’lim texnologiyasi, bo‘lajak muhandis, innovatsion fikrlash, ijodkorlik, texnik tafakkur, innovatsion yondashuv, kompetensiya, texnik еchim, hayotiy tajriba.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.