Management and Economics Scientific Research Journal 2-jild 1-son (2025) · 60-64-betlar
XITOY YIRIK AGGLOMERATSIYALARINING MAMLAKAT IQTISODIYOTIDA TUTGAN O'RNI
Mardonov Shohruh Shuhrat o‘g‘li, To‘xtayeva Muxlisa Farxod qizi, Erkinov Ismatillo Boxodirjon o‘g‘li
Annotatsiya
Ushbu maqolada Xitoy Xalq Respublikasidagi yirik shahar aglomeratsiyalarining mamlakat iqtisodiyotidagi o'rni tadqiq etilgan. Dunyo miqyosida urbanizatsiya jarayonlari jadallashayotgan bugungi kunda Xitoy aglomeratsiyalari nafaqat mamlakat, balki global iqtisodiyotda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqot jarayonida strategik hududiy rejalashtirish doirasida shakllangan Pekin-Tyantszin-Xebey, Yangtsze daryosi deltasi hamda Katta Gyangdong-Gonkong-Makao zalivi kabi yirik aglomeratsiyalarning iqtisodiy salohiyati, rivojlanish tendensiyalari va milliy iqtisodiyotga ta'siri statistik ma'lumotlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, Xitoyning yirik aglomeratsiyalari mamlakat YIMning 60% dan ortig'ini ishlab chiqarayotgani, xorijiy investitsiyalarning asosiy qismini jalb etayotgani va innovatsion rivojlanishning lokomotivi vazifasini bajarayotgani aniqlangan. Shuningdek, maqolada aglomeratsiyalarni rivojlantirishda yuzaga kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolar, ularni hal etish yo'llari hamda aglomeratsiyalar rivojining kelajak istiqbollari ham yoritib berilgan.
shahar aglomeratsiyalari, urbanizatsiya, hududiy rivojlanish, iqtisodiy o'sish, Xitoy iqtisodiyoti, integratsiyalashgan mintaqalar, megalopolislar
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.