Саноатда рақамли технологиялар 4-jild 3-son (2026)
ANGREN VA YANGI ANGREN ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARI KUL-SHLAK CHIQINDILARIDAN OLINGAN TEXNOLOGIK NAMUNALARNING MODDIY TARKIBINI TADQIQ ETISH
Almatov, Ilxomjon Mirzabeko'g'li, Xatamov, G‘ayrat Alimansurovich, Botirov, Mirmuxsin Sheralio'g'li, G‘ulomov, Ibroxim Inomjonovich, Алматов, Илхомджон Мирзабек угли, Хатамов, Гайрат Алимансурович, Ботиров, Мирмухсин Шерали угли, Гуломов, Иброхим Иномжонович, Almatov, Ilkhomjon Mirzabekugli, Khatamov, Gayrat Alimansurovich, Botirov, Mirmukhsin Sheraliugli, Gulomov, Ibroxim Inomjonovich
Annotatsiya
Mazkur maqolada Angren va Yangi Angren issiqlik elektr stansiyalarining kul-shlak chiqindilaridan olingan texnologik namunalarning moddiy tarkibi kompleks ravishda tadqiq etilgan. Tadqiqotlar davomida namunalarning kimyoviy, mineralogik, granulometrik hamda massaspektrometrik (ICP-MS) tahlillari amalga oshirildi. Natijalar asosida asosiy jins hosil qiluvchi komponentlar, jumladan SiO₂, Al₂O₃, Fe₂O₃ va boshqa oksidlarning miqdoriy tarkibi, shuningdek molibden, vismut, tellur, selen, palladiy, oltin va kumush kabi qimmatbaho hamda kamyob elementlarning mavjudligi baholandi. Kul-shlak chiqindilarining texnologik xususiyatlari ularni gravitatsion, magnit va flotatsion boyitish usullari orqali kompleks qayta ishlash imkoniyatini tasdiqlashi ko'rsatildi. Olingan natijalar issiqlik elektr stansiyalari texnogen chiqindilaridan ikkilamchi mineral xomashyo sifatida samarali foydalanish hamda qimmatli komponentlarni sanoat miqyosida ajratib olish texnologiyalarini ishlab chiqishda ilmiy-amaliy asos bo'lib xizmat qiladi.
thermal power plantash-slag wastetechnological samplematerial compositionchemical analysisICP-MSgranulometric compositionprecious metalsrare elementsbeneficiation
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.