Саноатда рақамли технологиялар 4-jild 3-son (2026)
IRRIGATSIYA KANALLARIDA MIKROGES ENERGIYA ISHLAB CHIQARISHINI GIDROLOGIK STATISTIKA VA OPTIMALLASHTIRISH MODELI ASOSIDA BAHOLASH
Urishev, Boboraim, Quvatov, Ulug‘bek Jalolovich, Ochilov, Obid Boymurodo'g'li, Qulmatov, Sanjar Xolmumino'g'li, Уришев, Бобораим, Куватов, Улугбек Жалолович, Очилов, Обид Боймуродугли, Кулматов, Санжар Холмуминугли, Urishev, Boboraim, Quvatov, Ulugbek Jalolovich, Ochilov, Obid Boymurodugli, Qulmatov, Sanjar Xolmuminugli
Annotatsiya
Maqolada irrigatsiya kanallari va gidrotexnik inshootlarda mavjud suv oqimi energetik potensialidan mikroGESlar yordamida foydalanishni suv resurslarini boshqarish nuqtai nazaridan optimallashtirish masalalari tadqiq etilgan. R-10 kanalining 2016–2025-yillardagi gidrologik ma’lumotlari Pirson III tipidagi taqsimot yordamida statistik qayta ishlangan, variatsiya va asimmetriya koeffitsiyentlari hamda turli ta’minlanganlik darajalariga mos hisobiy suv sarflari aniqlangan. Sug‘orish talabini ustuvor cheklov sifatida saqlagan holda gidroenergetik potensialdan foydalanishni maksimumlashtirishga qaratilgan optimallashtirish modeli ishlab chiqilgan. Suv sarfi, napor va quvvat balanslariga asoslangan mikroGES matematik modeli taklif etilgan, u energiya ishlab chiqarishni vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan gidrologik sharoitlarda prognozlash imkonini beradi.
micro hydropower planthydraulic structureirrigation canalwater dischargePearson Type IIIassurance leveloptimizationwater-energy balanceмикроГЭСгидротехническое сооружение
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.