Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report 3-jild 1-son (2023) · 16-29-betlar
IQTISODIYOT ASOSLARIGA QARSHI JINOYATLARNING TURI SIFATIDA BOJXONA TOʻGʻRISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISHNING OBYEKTIV BELGILARI TAHLILI
Ermashev, Jengis, Ermashev, Jengis, Ермашев, Женгис
Annotatsiya
Mazkur maqolada iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlarning bir turi sifatida bojxona qonunchiligi buzilishining obyektiv belgilari tahlil qilingan. Maqolada ushbu jinoyat obyekti o‘rganilgan hamda umumiy, maxsus, turdosh, bevosita asosiy va bevosita qoʻshimcha obyektlariga ko‘ra tasniflangan. Shuningdek, qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklarni inobatga olgan holda, ushbu jinoyat obyektlarining tarkibiga aniqlik kiritilishi tahlil qilinayotgan jinoyat tarkibidan, jumladan, xavfli chiqindilar va mamlakatimizga import qilinishi taqiqlangan buyumlarni jinoyat predmeti doirasidan chiqarish zaruratidan kelib chiqadi. Bundan tashqari, mazkur tadqiqotda bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishning obyekti tomoni, uning asosiy va fakultativ belgilari, ularning qilmish kvalifikatsiyasiga taʼsiri kabi masalalar atroflicha tahlil qilingan. Xususan, ushbu jinoyatning obyektiv tomonini tashkil etuvchi harakatlar roʻyxati va xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligida mustahkamlangan roʻyxati qiyosiy tahlil qilingan. Ishda tahlil qilingan har bir holat yuzasidan muallifning asosli xulosa va takliflari ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijasida bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilovchi milliy jinoyat qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar bildirilgan.
violation of customs legislation, crime against economic fundamentals, object of crime, objective aspect of crime, security of the economic sphere, hazardous waste, smuggling, customs control, customs documents or instruments, declaration, goods or other valuablesнарушение таможенного законодательства, преступление против основ экономики, объект преступления, объективная сторона преступления, безопасность экономической сферы, опасные отходы, контрабанда, таможенный контроль, таможенные документы или инструменты, декларирование, товары или иные ценностиbojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyat, jinoyatning obyekti, jinoyatning obyektiv tomoni, iqtisodiyot sohasining xavfsizligi, xavfli chiqindilar, kontrabanda, bojxona nazorati, bojxona hujjatlari yoki vositalari, deklaratsiya, tovar yoki boshqa qimmatliklar
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.