Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report 6-jild 1-son (2026) · 68-79-betlar
TAZYIQ VA ZOʻRAVONLIKDAN JABRLANGAN XOTIN-QIZLARNI REABILITATSIYA QILISH TARTIBINING NAZARIY JIHATLARI
Normatova, Shirin, Normatova, Shirin, Норматова, Ширин
Annotatsiya
Ayollarga nisbatan zoʻravonlik va tazyiq XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro hamjamiyatning diqqat-markazidagi muammoga aylandi. Bugun ushbu masala mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga koʻtarilib, jabrlanganlarni keng qamrovli ijtimoiy himoya qilish tizimiga e’tibor qaratilmoqda. Bu esa sohaga oid qonunchilikni xalqaro standartlar asosida takomillashtirishni talab etadi. Maqolada shu maqsadda qonunchilik normalari va huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari o‘rganilgan, sohada faoliyat olib boruvchi subyektlar, shuningdek, xorijiy davlatlar tajribasi tahlil etilgan. “Reabilitatsiya” tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va tasnifi bilan bog‘liq masalalar, jabrlanuvchilarni reabilitatsiya qilishning nazariy modellariga toʻxtalib o‘tilgan. Tadqiqotda qiyosiy-huquqiy metod, tahlil, sintez, kuzatish, umumlashtirish, induksiya va deduksiya usullaridan foydalanilgan. Yakunda muallif ushbu tartibni takomillashtirishga oid tegishli taklif va tavsiyalarini ilgari surgan.
women, violence, victim, harassment, order, rehabilitation, theoretical, criminology, psychologyженщины, насилие, пострадавшая, притеснение, порядок, реабилитация, теоретические аспекты, криминология, психологияxotin-qizlar, zoʻravonlik, jabrlanuvchi, tazyiq, tartib, reabilitatsiya, nazariy, kriminologiya, psixologiya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.