Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report 6-jild 2-son (2026) · 30-43-betlar
JINOYAT HUQUQIDA SABABIY BOG‘LANISHNING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI
Xudaykulov, Feruzbek, Khudaykulov, Feruzbek, Худайкулов, Ферузбек
Annotatsiya
Mazkur maqolada jinoyat huquqidagi sababiy bog‘lanish, sababiyat zanjiri, uning shart-sharoitlari, mezonlari va qoidalari instrumental hamda qiyosiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida mantiqiylik, induksiya, deduksiya, tizimlilik, mantiqiy-yuridik va qiyosiy-huquqiy metodlardan keng foydalanildi. Xususan, jinoyat huquqida sababiy bog‘lanishga oid o‘n bitta nazariyaning mazmun-mohiyati va umumiy tavsifi ochib berilib, ular yuzasidan olimlarning ilmiy qarashlari hamda tadqiqotlaridagi o‘xshash va farqli jihatlar atroflicha bayon etilgan. Shuningdek, anglo-sakson huquq oilasiga mansub huquqshunoslar, kontinental (roman-german) huquq tizimidagi rus olimlari hamda milliy tadqiqotchilarning ilmiy ishlari, monografiya va darsliklari qiyosiy tahlilga tortilgan. Maqolada jinoiy qilmish va ijtimoiy xavfli oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishda mavjud muammolar aniqlanib, ularning nazariy va amaliy yechimlari taklif etilgan. Jinoyat huquqi doktrinasi tahlili asosida soha nazariyasi va amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqilgan.
causality, golden rule of causality, causal chain, conditions, criminal act, socially dangerous consequences, criteriaпричинная связь, золотое правило причинной связи, причинная цепь, условия, преступное деяние, общественно опасные последствия, критерииsababiy bog‘lanish, sababiy bog‘lanishning oltin qoidasi, sababiyat zanjiri, shart-sharoitlar, jinoiy qilmish, ijtimoiy xavfli oqibat, mezonlar
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.