Oltin bitiklar – Golden Scripts 1-jild 1-son (2019)

XI —XIV asr turkiy yozma manbalarda qo‘llanilgan zoonimlar: DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.1/PDBC5390

Abdushukurov, Baxtiyor

Manbada oʻqish PDF

Annotatsiya

Mazkur maqola XI — XIV asrlarda Movarounnahr, Dashti Qipchoq va Misr mamlakatlarida yaratilgan yozma yodgorliklarda qo‘llanilgan zoonimlarni tadqiq etishga bag‘ishlangan. Maqolani yozish jarayonida quyidagi manbalardan foydalanilgan: Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq”, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”, “Tafsir”, “O‘g‘uznoma”, Sayfi Saroyining “Guliston bit-turkiy”, Qutbning “Xusrav va Shirin”, Mahmud bin Ali as-Sarayining “Nahj ul-farodis”, Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, Nosiruddin Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy” asarlari. Ularda ishlatilgan zoonimlarga oid barcha materiallar ko‘k turk til bitiklari, XII-XIV asrlar uyg‘ur huquqiy hujjatlari va XIV asr o‘g‘uz-qipchoq yozma yodnomalari hisoblanmish Abu Xayyonning “Kitob ul-idrok li-lison ulatrok”, muallifi noma’lum “At-tuxfat uz-zakiyatu fil lug‘atit turkiya”, Jamoliddin Turkiyning “Kitob bulg‘at al-mushtoq fi lug‘atit-turk val qifchoq”, “Tarjumon turkiy va ajamiy va mo‘g‘aliy” risolalari hamda Alisher Navoiy asarlari, V. Radlov lug‘ati bilan tarixiy aspektda qiyosiy tahlil qilingan. Sinxron uslub yordamida tadqiqot obyekti qilib olingan terminlar tizimi hozirgi zamon turkiy tillari, xususan, hozirgi o‘zbek hamda turk adabiy tillari va ayrim o‘rinlarda o‘zbek tili shevalari materiallariga muqoyasa qilingan. Zoonimlarda kechgan fonetik va semantik o‘zgarishlar hamda mazkur terminlarning qo‘llanishi xususida tegishli xulosalar chiqarilgan.

zoonimQutadg‘u biligQissasi Rabg‘uziyastroponimetimologiyaturkiyarabchafors-tojikcha

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.

Iqtibos olish

APA 7
Abdushukurov, Baxtiyor (2019). XI —XIV asr turkiy yozma manbalarda  qo‘llanilgan zoonimlar: DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.1/PDBC5390. Oltin bitiklar – Golden Scripts, 1(1).
GOST R 7.0.5
Abdushukurov, Baxtiyor XI —XIV asr turkiy yozma manbalarda  qo‘llanilgan zoonimlar: DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.1/PDBC5390 // Oltin bitiklar – Golden Scripts. 2019. Т. 1. № 1.
BibTeX
@article{baxtiyor2019,
  author  = {Abdushukurov, Baxtiyor},
  title   = {XI —XIV asr turkiy yozma manbalarda  qo‘llanilgan zoonimlar: DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.1/PDBC5390},
  journal = {Oltin bitiklar – Golden Scripts},
  year    = {2019},
  volume  = {1},
  number  = {1}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Abdushukurov, Baxtiyor
TI  - XI —XIV asr turkiy yozma manbalarda  qo‘llanilgan zoonimlar: DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.1/PDBC5390
JO  - Oltin bitiklar – Golden Scripts
PY  - 2019
VL  - 1
IS  - 1
ER  -