Oltin bitiklar – Golden Scripts 3-jild 3-son (2019)
Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” risolasi uchun asos bo‘lgan nazariy manbalarning komparativistik tahlili: DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.3/ZJZO6380
Yusupova, Dilnavoz
Annotatsiya
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asari uchun asos sifati xizmat qilgan nazariy manbalar qiyosiylab o‘rganilgan tahlil qilingan. Alisher Navoiyning ushbu asari mumtoz adabiyotning asosiy she’riy tizimi bo‘lgan aruz nazariyasiga bag‘ishlangan. Mutafakkir olim risolaning muqaddimasida o‘zidan avval yaratilgan aruz ilmiga doir forsiy manbalar: Shams Qays Roziyning “Al-mo‘jam”, Nasiriddin Tusiyning “Me’yor ul-ash’or”, Abdurahmon Jomiyning “Risolayi aruz” asarlariga to‘xtab o‘tadi va o‘z asarini yaratishdan avval ularni mutoala qilganini aytadi. Maqola muallifi Alisher Navoiyning aruz ilmidagi izdoshligi va kashshofligini o‘rganish uchun bevosita “Mezon ul-avzon”ni ushbu forsiy tilda yaratilgan manbalar bilan qiyosiy jihatdan o‘rganishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Maqolada bunday yo‘nalishdagi tahlil aruzga doir asosiy birliklar: juzv, asl rukn, zihof, bahr va doiralar misolida amalga oshirilgan.
aruzjuzvruknsababvatadfosila
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.