Oltin bitiklar – Golden Scripts 4-jild 4-son (2019)
Ontologik poetika —badiiy matnni o‘rganishda yangi yondashuv sifatida: DOI 10.52773/tsuull.gold.2019.4/GUVV4545
Toshniyozova, Rano
Annotatsiya
Mazkur maqolada ontologik poetika tadqiqi va uning sinergetik asoslari bayon etilgan. Sinergetikaning nazariy-metodologik izlanishlari natijalari filologik muammolari yechimida universal yondashuvlarga asoslanuvchi matn ontologik poetika talqini modellarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Semiosinergetik tizim modellari ostidagi yangi paradigma istiqbolda badiiy matn (tizimi)ning immanent muammolari talqinida metodologik tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Sinergetik paradigmalar ontologik poetikaning fundamental asosi sifatida filologik tadqiqotlarning amaliy ahamiyatini oshiradi. Ontologik poetika olamning yaxlit ilmiy-falsafiy manzarasini anglash orqali borliq asosini tashkil qilgan olam va odam munosabatlarining chuqur qatlamlariga nazar tashlaydi. Bunday yondashuv badiiy matn, uning muallifi dunyoqarashi o‘z aksini topgan matnosti botiniy ma’nolarini yuzaga chiqarishda samarali, obyektiv natija beradi. Asarning avval yuzaga chiqmagan mohiyatiga daxldor belgilarini topish va umuman badiiy matn tahlili va talqini yuzasidan tasavvurni, nazmning murakkab tizimini o‘rganish rakursini o‘zgartirish sinergetik yondashuv vositasida real ahamiyat kasb etadi. Sinergetik matn — bu bir qancha tub, bevosita kuzatilmagan, botiniy, transsendent ma’nolardan iborat bo‘lib, ular leksemalarning lug‘aviy ma’nolaridan aniqlanmaydi hamda matnostining notekis munosabatlari va jarayonlari majmuini namoyon etadi. kka aylanadi, insonda o‘ziga xoslikni yaratadi, hayotga nisbatan yo‘nalishini belgilaydi.
ontologik poetikaasl ma’notartib parametrlaritalqin modellarimetametafora
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.