Oltin bitiklar – Golden Scripts 2-jild 2-son (2020)
Abdurahmon Jomiyning “Risolayi muammoyi manzum” asari va uning tarjimasi: DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.2/PSUO4350
Jo‘rayev, Jaloliddin
Annotatsiya
Abdurahmon Jomiyning risolalari o‘z davrida muammo janriga qiziquvchilar uchun qulay va tushunarli qo‘llanma bo‘lgan, lekin keyingi asrlarga kelib muammo janri adabiy jarayonlarda kam istifoda etila boshladi. Shu bois o‘quvchilarda muammo janri to‘g‘risida tasavvur hosil qilish uchun yangi qo‘llanmalar yozish, mavjud risolalarni sharhlashga zarurat sezildi. Jomiyning “Risolayi muammoyi manzum” nomli risolasining XX asrda Abdulla Gulshaniy tomonidan amalga oshirilgan tarjimasi ana shunday zaruratlar natijasi edi.Ushbu tadqiqotda Abdurahmon Jomiyning “Risolayi muammoyi manzum” nomli muammo ilmiga bag‘ishlangan risolasi, uning Abdulla Gulshaniy tomonidan bajarilgan tarjimasi tahlil qilingan, risola tarjimasining matniy tadqiqi amalga oshirilgan. Muallif Jomiyning “Risolayi muammoyi manzum” nomli asarining ushbu tarjimasini eski o‘zbek yozuvidan hozirgi o‘zbek yozuviga to‘liq tabdil qilgan va matnni ilova qilgan. Ushbu risola va uning tarjimasi joriy o‘zbek grafikasida ilk bor nashr etilmoqda.“Risolayi muammoyi manzum”ning tarjima matni aniq tuzilishga ega. Unda, dastlab, Jomiyga tegishli bayt keltiriladi, pastda qavs ichida baytning tabdilchi Jaloliddin Jo‘rayev amalga oshirgan transliteratsiyasi beriladi, undan so‘ng Abdulla Gulshaniy tarjimasi, izoh va muammo yechimlari keltirilgan. Abdulla Gulshaniyning tarjima va izohlari ham eski o‘zbek yozuvidan yangi o‘zbek alifbosiga Jaloliddin Jo‘rayev tomonidan o‘girilgan.
NmuammojanrAbdurahmon JomiyAbdulla Gulshaniytarjimarisolayi muammotransleteratsiya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.