Oltin bitiklar – Golden Scripts 4-jild 4-son (2020)

Munozara janri tarixi va takomili: DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.4/OSIE5262

Abdurahmonova, Olmosxon

Manbada oʻqish PDF

Annotatsiya

Maqola badiiy adabiyotda munozara janrining taraqqiy etish tadriji va takomiliga bag‘ishlangan. Shuningdek, munozara so‘zining ma’nosi va u qanday vazifani bajaradi, adabiyotshunoslikda o‘rni qanday degan savollarga javob beradi. Munozara atamasining izohli hamda ensiklopedik lug‘atlarda qanday ma’nolarda kelishiga qarab ular turlarga ajratib izohlangan.Olimlarning munozara janriga bildirgan fikrlari umumlashtirilib yaxlit xulosaga kelingan. Maqolada, shuningdek, munozaraning yaratilish tarixi yoritilgan. G‘arb va sharq xalqlari adabiyoti qiyosiy o‘rganilib, mulohazalar ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan. Ya’ni munozara ilk yozuv paydo bo‘lgan Mesopotamiya svilizatsiyasi Shummer-akkad davrdan to hozirgi kunga qadar mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgani to‘g‘risida ilmiy dalillar asosida yoritilgan. Bundan tashqari munozara arab adabiyotida yuzaga kelgan bo‘lsa-da, fors-tojik adabiyotida yuksak pog‘onalarga erishgani yoritilgan. Buning ilk namunasi sifatida qadimgi yozma yodgorlik “Draxti Asurik” (Echki bilan Palma daraxti) o‘rtasidagi bahs va undan keyingi davrlardagi munozaralar misol tariqasida yoritilgan.O‘zbek mumtoz adabiyotidagi munozara janri, asosan, ikki turga boshqa adabiy janrlar tarkibiy qismi sifatida va mustaqil janr sifatida bo‘lib o‘rganilgan. Bu esa munozara janri taraqqqiyotiga sezilarli ta’sirini o‘tkazgan. Adabiy aloqalar xalqlarning madaniy aloqalari kabi qadimiydir. Ularning ijtimoiy-siyosiy, tarixiy-madaniy shart-sharoitlari, urf-odatlari, adabiy aloqalari etnik tarkib jihatdan umumiy bo‘lgan. Ushbu xalqlar adabiyotini o‘rganar ekanmiz ular orasida munozara janrida barakali ish olib borganliklarini guvohi bo‘lamiz. Shu jumladan, Ozarbayjon, Turk xalqlari adabiyotida munozara janri bo‘yicha qilingan ishlar alohida ahamiyatga ega.

munozaraadabiy manbaqo‘lyozmaadabiy janrshe’riyatjanrqiyosiy tahlil

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.

Iqtibos olish

APA 7
Abdurahmonova, Olmosxon (2020). Munozara janri tarixi va takomili: DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.4/OSIE5262. Oltin bitiklar – Golden Scripts, 4(4).
GOST R 7.0.5
Abdurahmonova, Olmosxon Munozara janri tarixi va takomili: DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.4/OSIE5262 // Oltin bitiklar – Golden Scripts. 2020. Т. 4. № 4.
BibTeX
@article{olmosxon2020,
  author  = {Abdurahmonova, Olmosxon},
  title   = {Munozara janri tarixi va takomili: DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.4/OSIE5262},
  journal = {Oltin bitiklar – Golden Scripts},
  year    = {2020},
  volume  = {4},
  number  = {4}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Abdurahmonova, Olmosxon
TI  - Munozara janri tarixi va takomili: DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.4/OSIE5262
JO  - Oltin bitiklar – Golden Scripts
PY  - 2020
VL  - 4
IS  - 4
ER  -