Oltin bitiklar – Golden Scripts 4-jild 4-son (2020)
Mahmud Zamaxshariyning “Kashshof” asari qo‘lyozma nusxalari haqida: DOI 10.52773/tsuull.gold.2020.4/XXRW6160
Sulaymonova, Nigora
Annotatsiya
Mazkur maqolada buyuk olim, xorazmlik alloma Abul Qosim Mahmud Zamaxshariyning mashhur diniy asarlaridan biri, Qur’oni karim tafsiriga bag‘ishlangan “Kashshof” (to‘liq nomi – “al-Kashshof fi haqoiqi g‘avomidi-t-tanzil va uyuni-l-aqovil fi vujuhi-t-ta’vil” (“Qur’ondagi berk haqiqatlarni va uni sharhlash orqali rivoyatlar ko‘zlarini ochuvchi”) asari, xususan, uning qo‘lyozma nusxalari haqida so‘z boradi. Bugungi kunda mazkur tafsirning O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondida o‘n to‘rtta qo‘lyozma nusxasi saqlanadi. Maqolada ushbu o‘n to‘rtta qo‘lyozma nusxa manbashunoslik nuqtayi nazaridan batafsil tahlil qilingan. Har bir qo‘lyozma nusxaning to‘liq bibliografik ko‘rsatkichlari qayd etilgan. Shuningdek, qo‘lyozmalarda suralar haqidagi ma’lumotlar – necha oyatdan iborat, qayerda nozil bo‘lgan, sura tafsirlarining berilish usullari, qo‘lyozma nusxalarning xattotlari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Maqola so‘nggida “Kashshof” asarining qo‘lyozma nusxalari haqida tasavvur hosil qilish uchun ulardan olingan fotolavhalar ilova qilingan.
xorazmlik allomaMahmud ZamaxshariymufassirKashshoftafsirQur’oni karim
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.