World of Philology 5-jild 02-son (2026) · 58-66-betlar

FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR: MEZONLAR, SEMANTIKA VA LINGVOMADANIY ASPEKT

Jamshidbek Islomjon o‘g‘li, G‘ulomov

Manbada oʻqish PDF

Annotatsiya

Mazkur tadqiqot frazeologik birliklarni tahlil birligi sifatida ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda frazeologizm tushunchasining nazariy talqinlari, asosiy belgilari, semantik tuzilishi hamda lingvomadaniy tadqiq etish tamoyillari yoritiladi. Ishda frazeologiya sohasida mavjud bo‘lgan “keng” va “tor” yondashuvlar tahlil qilinib, frazeologik birliklarning chegaralarini belgilash masalasining munozarali jihatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot metodologik asosi sifatida frazeologik birliklarning nominativ-funksional tasnifi qabul qilinib, idiomalar, frazeologik birikmalar va turg‘un o‘xshatishli iboralar alohida tahlil obyektlari sifatida qaraladi. Frazeologik birliklarning semantik tuzilishi denotativ, signifikativ va konnotativ makrokomponentlar doirasida izohlanadi, bunda konnotativ komponentning ustun roli asoslab beriladi. Ishda frazeologik obrazlilik, ichki shakl va motivlanganlik tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi ochib berilib, frazeologik birliklarning ikkilamchi nominatsiya birliklari sifatidagi xususiyatlari ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, tabiiy unsurlar bilan bog‘liq frazeologik birliklarning lingvomadaniy mazmuni, ularning ramziy va pragmatik xususiyatlari ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida yoritiladi. Tadqiqot natijalari frazeologik birliklar semantikasida madaniy axborotning shakllanishi va diskursdagi funksional faoliyatini tushuntirishga xizmat qiladi

frazeologik birlik, frazeologizm, idioma, nominativlik, idiomatiklik, barqarorlik, semantik tuzilma, konnotatsiya, obrazlilik

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.

Iqtibos olish

APA 7
Jamshidbek Islomjon o‘g‘li, G‘ulomov (2026). FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR: MEZONLAR, SEMANTIKA VA LINGVOMADANIY ASPEKT. World of Philology, 5(02), 58-66.
GOST R 7.0.5
Jamshidbek Islomjon o‘g‘li, G‘ulomov FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR: MEZONLAR, SEMANTIKA VA LINGVOMADANIY ASPEKT // World of Philology. 2026. Т. 5. № 02. С. 58-66.
BibTeX
@article{g‘ulomov2026,
  author  = {Jamshidbek Islomjon o‘g‘li, G‘ulomov},
  title   = {FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR: MEZONLAR, SEMANTIKA VA LINGVOMADANIY ASPEKT},
  journal = {World of Philology},
  year    = {2026},
  volume  = {5},
  number  = {02},
  pages   = {58-66}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Jamshidbek Islomjon o‘g‘li, G‘ulomov
TI  - FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR: MEZONLAR, SEMANTIKA VA LINGVOMADANIY ASPEKT
JO  - World of Philology
PY  - 2026
VL  - 5
IS  - 02
SP  - 58
EP  - 66
ER  -