Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента 3-jild 9-son (2026) · 15-21-betlar
TALABALARDA RASMIY YOZMA NUTQ KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Ibragimova, Gulbaxor, Matkarimova, Ashurxon
Annotatsiya
Mazkur maqolada talabalarda rasmiy yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirishning samarali usullari va pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Rasmiy yozma nutq talabaning fikrini adabiy til me’yorlariga muvofiq, izchil, aniq, mantiqiy va maqsadga yo‘naltirilgan tarzda ifodalash qobiliyatini namoyon etuvchi muhim kommunikativ kompetensiya sifatida qaraladi. Tadqiqotda rasmiy yozma nutqni rivojlantirishda bosqichma-bosqich o‘qitish, namunaviy matnlarni tahlil qilish, rejalashtirish, mustaqil yozish, o‘z-o‘zini tahrirlash, tengdoshlar fikr-mulohazasidan foydalanish hamda muntazam yozma mashqlarni tashkil etish usullarining ahamiyati asoslab beriladi. Shuningdek, yozma matn yaratish jarayonini rejalashtirish, amalga oshirish va nazorat bosqichlariga ajratish talabalarning matn tuzilishini anglash va mazmunni izchil shakllantirishiga yordam berishi ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijalari rasmiy yozma nutqni shakllantirish faqat grammatik va imloviy xatolarni bartaraf etish bilan cheklanmasdan, talabalarda mantiqiy fikrlash, dalillash, matnni strukturaviy tashkil etish va akademik yozuv madaniyatini rivojlantirishni ham nazarda tutishini ko‘rsatadi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.