Eurasian Journal of Academic Research 3-jild 5-son (2023) · 216-218-betlar

KIMYO FANINI O'QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Fozilova, Z.D.Abralova, F.A.

DOI: 10.5281/zenodo.7972649 Manbada o'qish PDF

Annotatsiya

Ushbu maqolada kimyo fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda turli xildagi interfaol metodlardan foydalanish to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Maqolada yoshlarning kimyo fanini mustaqil o‘zlashtirishi, izlanishlar olib borishi, shuningdek ijodiy fikrlashini boyitishda metodlarning ahamiyati ifodalab berilgan.

To'liq matn

KIMYO FANINI O‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH 1Z.D.Abralova TDPU,Umumiy pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi 2F.A. Fozilova TDPU,Tabiiy fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi ARTICLE INFO Received: 18th May 2023 Accepted: 25th May 2023 Online: 26th May 2023 KEY WORDS Interfaol metodlar, didaktik o‘yinlar, ijodkorlik, “Loyihalash” metodi, motivatsiya.

ABSTRACT Ushbu maqolada kimyo fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda turli xildagi interfaol metodlardan foydalanish to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Maqolada yoshlarning kimyo fanini mustaqil o‘zlashtirishi, izlanishlar olib borishi, shuningdek ijodiy fikrlashini boyitishda metodlarning ahamiyati ifodalab berilgan.

Bugungi kunda umumta’lim muassasalarida kimyo fanini o‘qitishda o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini oshirish, ularda fanga bo‘lgan qiziqishlari, bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash, yangi mavzuni o‘rganish jarayonida xususiy metodik va lokal texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinli texnologiyalar, modulli ta’lim texnologiyalari, hamkorlikda o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Kimyo fanining bugungi kundagi ahamiyati juda yuqori bo‘lgani bois, fanni o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning samaradorligi yuqoridir. Shu bois ham, fanni o‘qitishda interfaol usullardan foydalanish asosiy metodikaga oid g‘oyalar bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, o‘qitishning interfaol shakllari va usularidan foydalanish, o‘quvchilarning ijodkorlik darajasini faollashtirishga, o‘quv darsliklari va materiallarini mustaqil o‘zlashtirishga yordam beradi. Interfaol metodlar bilim, ko‘nikma va malakalarni, ya’ni o‘quvchining asosiy kompetensiyalari bo‘lmish: bilish, izlanish, fikrlash, hamkorlik qilish, yangiliklar yaratish imkonini beradi. Turli interfaol metod kimyo faniga qiziquvchilarning bilish va o‘rganish salohiyatini shakllantirishda faol ishtirok etadi. Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Xususan, kimyo darslarini tashkillashtirishda o‘qituvchilar tomonidan turli interfaol metodlarning qo‘llanilishi fanga qiziquvchi o‘quvchilarning mustaqil o‘zlashtirish va fan yuzasidan olgan bilimlarini yanada mustahkamlash, shuningdek dars jarayonlarida o‘quvchilarning faolligini oshirishda keng qo‘llaniladi. Bunday metodlarda ta’lim markaziga o‘quvchi qo‘yiladi va shu orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Interfaol usul - ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi faol hamkorlik muloqoti hisoblanib, ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malaka, muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi o‘zaro harakatini tashkil etishga asoslanadi. Hozirgi kunda eng ommalashgan, o‘quvchilarni o‘zlashtirish darajasini oshiradigan interfaol metodlar: “Keys-stadi”, “Loyihalashtirish”, “Modellashtirish”, “Muammoli ta’lim” va boshqalardir. “Keys-stadi” – inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, case - to‘plam, aniq vaziyat; stadi-ta’lim ma’nolarini anglatadi, keysda bayon qilingan va o‘quvchilarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga yo‘naltirilgan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatlarning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan ta’lim. Ushbu metod turli xil vaziyatlardan chiqish va muammolarga turli tomonlardan yechim izlab topish imkonini beradi. Afzalligi shundan iboratki, o‘quvchilar bu metod orqali ijodkorlik va tez fikrlash qobiliyatini shakllantiradi.

Yana bir samarali metod bu kimyo darlarida turli xil o’yinlardan foydalanish hisoblanadi. Kimyo fanini o‘qitishda foydalaniladigan o‘yin faoliyati quyidagi funksiyalami bajaradi: - o‘yin har doim o'quvchining bilim olish faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini orttiradi; - o‘yin davomida o‘quvchilaming muloqotga kirishishi, kommunikativ-muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi; - o‘quvchining dars davomida o‘z iqtidori, qiziqishi bilimini va o‘zligini namoyon etishga imkon yaratadi; - hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengishga o’rgatadi, mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalari tarkib topadi; - o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi, ya’ni ijobiy xislat va fazilatlarni shakllantirishga zamin tayyorlaydi; - o‘yin mazmuni, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi va o‘quvchilarning muammoli vaziyatlarni zudlik bilan hal etish, mo‘ljalni to‘g‘ri olishga o‘rgatadi. Kimyo darslarini tashkillashtirishda “Loyihalash” metodi bugungi kunda juda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Barchamizga ma’lumki, kimyo bu hayot, borliq haqidagi fan. Har bir mavzu beixtiyor hayot bilan bog‘langan bo‘lib, ularni o‘quvchilarga loyihalashtirgan holda hayot bilan bog‘lab o‘tilgandagina samara beradi, aks holda hech qanday natijaga erishib bo‘lmaydi. Shu bois ham aynan “Loyihalash” metodiga alohida to‘xtalib o‘tishni lozim deb topdik. Loyihalash - real natijaga olib keluvchi, qat’iy tartibga solingan harakatlar izchilligini o‘z ichiga oluvchi muammoni o‘zlashtiruvchi faoliyatni anglatadi. Loyiha metodining avzalligi shundan iboratki, bu metod orqali o‘quvchilar fikr almashadilar, izlanadilar, hamkorlikda yechimini topadilar. Ushbu metod orqali o‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘zlari mustaqil izlanadilar, algoritmik ketma-ketlikda mavzuni qayta ishlab, umumlashtiradi va xulosa qiladi, shu orqali mavzuni o‘zlari himoya qiladilar. Kimyo fani o‘quv jarayonini loyiha asosida tashkil etish: - kimyo fani mavzusini va mazmunini tanlash; - darsning o‘quv mavzusi yuzasidan yagona maqsadni belgilab olish; - darsning o‘quv mazmunini ishlab chiqish, beriladigan nazariy va amaliy bilimlarni belgilash; - o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan tushuncha, bilim, ko‘nikma, malakalarni ifoda etish; - darsning shakli, metod, vositalarini tanlash; - tushuncha, bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirish uchun ta’lim oluvchi tomonidan sarflanadigan vaqt birligi hisobini olish; - har bir bosqich natijalarini olish uchun mashq va misollar tizimini yaratish; - loyihani dars jarayoniga tatbiq etish; - dars jarayonini olib borish va yakunlash mexanizmini yaratish.

Loyihalash metodi orqali o‘quvchilar mavzuni o‘zlashtirish rejasini tuzishadi va shu reja asosida natijaga erishish uchun faol harakat qiladilar. Natijaga erishish yo‘llarini izlaydilar va harakat ketma-ketligini belgilab oladilar. Bu ularda rejali harakat qilish tizimini shakllantiradi va nafaqat kimyo fanida balki hayot davomida ham bu metod o‘z samarasini ko‘rsatadi. Xulosa qilib shuni aytish lozimki, kimyo darslarida o‘qituvchilar tomonidan interfaol metodlar orqali dars o‘tish dars sifatini va o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratib beradi. Interfaol metodlar orqali fanni o‘zlashtirish osonlashadi. Bunday turdagi metodlardan foydalanishda eng avvalo, o‘quvchi yosh xususiyatiga, o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatiga, mavzuning qay darajada qiyinligiga alohida ahamiyat berish lozim. O‘qituvchi interfaol metodlar orqali o‘quvchilar diqqatini jamlash va mavzuni o‘tish davomida faol muloqot tizimini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini yaratadi. Yuqorida to‘xtalib o‘tgan metodlarimiz ham ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlik va guruh bo‘lib turli vaziyatlarga yechim topish, yagona maqsad sari ildam harakat qilish, o‘z imkoniyat va qobiliyatlaridan foydalanish uchun xizmat qiladi.

References: 1. G.A.Ixtiyarova, D.J.Bekchanov, M.Sh.Ahadov// Kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish// Toshkent-2020. 2. G.N.Ibragimova // Interfaol o‘qitish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarda kreativ funksiyani rivojlantirish// Metodik qo‘llanma. T.-2011 3. O‘.Tolipov, M.Usmonboyeva // Pedagogik texnologiyalar// T.: “Fan”-2005.

Matn maqola PDF'idan avtomatik chiqarilgan. Rasm, jadval va formulalar matnda aks etmasligi mumkin — asl ko'rinish uchun PDF'ga qarang.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi.

Iqtibos olish

APA 7
Fozilova, Z.D.Abralova, F.A. (2023). KIMYO FANINI  O'QITISH  SAMARADORLIGINI  OSHIRISH. Eurasian Journal of Academic Research, 3(5), 216-218. https://doi.org/10.5281/zenodo.7972649
GOST R 7.0.5
Fozilova, Z.D.Abralova, F.A. KIMYO FANINI  O'QITISH  SAMARADORLIGINI  OSHIRISH // Eurasian Journal of Academic Research. 2023. Т. 3. № 5. С. 216-218. URL: https://doi.org/10.5281/zenodo.7972649
BibTeX
@article{f.a.2023,
  author  = {Fozilova, Z.D.Abralova, F.A.},
  title   = {KIMYO FANINI  O'QITISH  SAMARADORLIGINI  OSHIRISH},
  journal = {Eurasian Journal of Academic Research},
  year    = {2023},
  volume  = {3},
  number  = {5},
  pages   = {216-218},
  doi     = {10.5281/zenodo.7972649}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Fozilova, Z.D.Abralova, F.A.
TI  - KIMYO FANINI  O'QITISH  SAMARADORLIGINI  OSHIRISH
JO  - Eurasian Journal of Academic Research
PY  - 2023
VL  - 3
IS  - 5
SP  - 216
EP  - 218
DO  - 10.5281/zenodo.7972649
ER  -