Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 1-jild vative-son (2022) · 27-31-betlar

SANOAT ULUSHINI OSHIRISHDAGI (XUSUSAN ENGIL SANOAT) MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Turayeva, Gulizahro, Suyunov, Shohzodbek, Ibodullayev, Nodirjon, Tursunqulova, Muxlisa, Rasulova, Nasiba

DOI: 10.5281/zenodo.7418523 Manbada o'qish PDF

Annotatsiya

Sanoat  tarmoq  tuzilmasi  o’zgarishiga  eng  kuchli  ta’sir  ko’rsatuvchi omillardan biri fan-texnika taraqqiyotidir. Fan-texnika taraqqiyoti eng avvalo, yangi mehnat vositalari va mahsulotning yangi turlarini yaratish, mavjud asbob-uskunalar va texnologiya jarayonlarini takomillashtirish, yangilarini joriy etish bilan bog’liq. Bu esa, mavjud sanoat tarmoqlaridan yangidan-yangi sohalarning ajralib chiqishiga va shakllanishiga turtki beradi. Natijada progressiv hisoblangan avtomobilsozlik, asbobsozlik, radiotexnika va elektronika, lazer texnologiyasi tez sur’atlar bilan rivojlanadi.

Agrosanoat, Sanoat tuzilmasi, YaIM deflyatori indeksi, investitsiya loyihalari, import xajmi, dasturiy kompleks

To'liq matn

SANOAT ULUSHINI OSHIRISHDAGI (XUSUSAN ENGIL SANOAT) MUAMMOLAR VA YECHIMLAR 1Turayeva Gulizahro mustaqil tadqiqotchisi zakhroturaeva@gmail.com, 2Suyunov Shohzodbek Guliston Davlat Universiteti magistri shakxzodsuyunov@gmail.com, 3Ibodullayev Nodirjon Guliston Davlat Universiteti magistri nodirjonibodullayev@gmail.com, 4Tursunqulova Muxlisa Guliston Davlat Universiteti magistri mukxlisatursunkulova@gmail.com, 5Rasulova Nasiba Guliston Davlat Universiteti magistri nasibarasulova@gmail.com.

Annotatsiya Sanoat tarmoq tuzilmasi o’zgarishiga eng kuchli ta’sir ko’rsatuvchi omillardan biri fan-texnika taraqqiyotidir. Fan-texnika taraqqiyoti eng avvalo, yangi mehnat vositalari va mahsulotning yangi turlarini yaratish, mavjud asbobuskunalar va texnologiya jarayonlarini takomillashtirish, yangilarini joriy etish bilan bog’liq. Bu esa, mavjud sanoat tarmoqlaridan yangidan-yangi sohalarning ajralib chiqishiga va shakllanishiga turtki beradi. Natijada progressiv hisoblangan avtomobilsozlik, asbobsozlik, radiotexnika va elektronika, lazer texnologiyasi tez sur’atlar bilan rivojlanadi. Kalit so‘zlar: Agrosanoat, Sanoat tuzilmasi, YaIM deflyatori indeksi, investitsiya loyihalari, import xajmi, dasturiy kompleks Kirish Sanoatning tarmoq tarkibini 2030 yilga qadar takomillashtirish YaIMda sanoat ulushini rivojlangan davlatlarda YaIM tarkibidagi xarakterlarga xos bo’lgani kabi 2018 yildagi 35,6%dan 2030 yilda 40% oshirish bilan asoslanadi. Bu maqsadga erishi uchun, “shuni aytish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda bu boradagi ishlar boshlab yuborilgan. Ayni vaqtda bu ishlar yuqori salohiyatga ega bo’lgan har bir turdagi istiqbolli xomashyo va yarim fabrikat bo’yicha chuqur qayta ishlashning 2020, 2025, 2030 yillarga mo’ljallangan aniq dasturiga ega bo’lish uchun mutlaqo yangi dasturiy kompleks yondashuvni talab etadi.Ayni shu ko’z bilan qaraydigan bo’lsak, ya’ni, jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilgan, o’zimizning resurs va imkoniyatlarimizni real baholagan holda, biz oldimizga aniq maqsadni – ya’ni, 2030 yilga borib mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmini kamida 2 barobar oshirish vazifasini qo’yishimiz uchun bugun, hech shubhasiz, barcha asoslarimiz bor. Tahlil va natijalar Viloyatimizda sanoatni izchil rivojlantirish uchun bir qancha imkoniyatlar yaratilgan bo’lib, shu bilan birgalikda viloyatimiz sanoatining izchil rivojlanishiga to’siq bo’layotgan bir qancha tizimli muammolar mavjud. Xususan; birinchidan, tarmoqning etarli salohiyatiga qaramasdan, yuqori qo’shilgan qiymatli tayyor mahsulotni ishlab chiqarishda uyg’unlashgan texnologik zanjirning mavjud emasligi; ikkinchidan, engil sanoatning boshqaruv tizimi tarmoqning zamonaviy rivojlanish tendentsiyalariga javob bermaydi, bu esa hal etilmagan muammolarning to’planib qolishiga olib kelmoqda; uchinchidan, milliy standartlar va engil sanoatning sinovlari bo’yicha laboratoriyalarning xalqaro standartlar va talablar bilan uyg’unlashtirish ishlarining qoniqarsizligi, shuningdek sifat menejmenti zamonaviy tizimlarini joriy etishning past darajada ekanligi, mahalliy mahsulotlarini yirik xorijiy savdo bozorlariga chiqarishiga, eksport salohiyatini yuksaltirishga hamda mahsulotlar sifati va xavfsizligiga bo’lgan ishonchni oshirishga to’siq bo’lmoqda; to’rtinchidan, tarmoqqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasi mavjud muammolarini tizimli tahlil qilish va to’qimachilik sanoatini rivojlanishining istiqbolli yo’nalishlarini belgilash uchun shart-sharoit qoniqarsiz; beshinchidan, xom ashyo va ishlab chiqarish resurslarining nooqilona taqsimlanishi, logistika va muhandislik infratuzilmasini tashkil etishdagi kamchiliklar ishlab chiqarish quvvatini ancha qismini to’xtab qolishiga, iqtisodiy yo’qotishlarga va oqibatda mahsulotlar tannarxining oshishiga, shuningdek, ishlab chiqarish rentabelligini oshishiga olib kelmoqda; oltinchidan, sanoat korxonalarimizda, xususan, to’qimachilik yarim tayyor mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishning barqaror ustunlik qilishi, yuqori qo’shilgan qiymatli tayyor to’qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va jahon bozorlarida munosib raqobatlashishga qodir bo’lgan milliy brendlarni shakllantirishning etarli darajada emasligi to’qimachilik sanoati korxonalari daromadlarini oshirish imkonini bermayapti; ettinchidan, kadrlar tayyorlash tizimi sanoatining real ehtiyojlariga javob bermaydi, tarmoqlarni rivojlantirishning dolzarb masalalari bo’yicha o’qitishning innovatsion yo’nalishlarini joriy etish va ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish yuzasidan xalqaro hamkorlik yo’lga qo’yilmagan.

Bu bir qator muammolarni hal qilishda viloyatimizdagi sanoat rivojini yanada takomillashtirish va muammolar echimini quyidagi yo’nalishlar orqali hal etishimiz mumkin deb o’ylayman. Jumladan: -birinchidan, viloyatimizda engil sanoatining iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan engil sanoat mahsulotlarining, eng avvalo, yuqori qo’shilgan qiymatli raqobatbardosh to’qimachilik mahsulotlarini yuqori texnologik ishlab chiqarishga qayta yo’naltirish orqali hajmi va sifatini oshirish; -ikkinchidan, viloyatimizda engil sanoatning boshqaruv tizimi ilg’or menejment texnologiyalari, tarmoq korxonalariga har tomonlama ko’maklashish va qo’llab quvvatlashning, shu jumladan ularning rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi muammolarning hal etishda samarali shakllarini joriy etgan holda tubdan qayta ko’rib chiqish; -uchinchidan, engil sanoat sohasidagi standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini xalqaro talab va standartlarga uyg’unlashtirish, shuningdek mahsulotlar sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish va akkreditatsiyadan o’tkazish orqali yanada takomillashtirish; -to’rtinchidan, tarmoqqa engil sanoat mahsulotlarini mahalliy va xorijiy bozorlarining holati hamda rivojlanish tendentsiyalari haqida ishonchli va o’z vaqtida axborotlar olishni ta’minlash imkonini beruvchi ilg’or axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, tarmoq rivojlanishining ustuvor yo’nalishlarini aniqlash maqsadida uni tizimli va kompleks tahlil qilish; -beshinchidan, paxta xom ashyosini etishtirishdan boshlab unga dastlabki ishlov berish, mahsulotni paxta tozalash korxonalarida keyingi qayta ishlash va yuqori qo’shilgan qiymatli tayyor engil sanoat mahsuloti chiqarish bosqichigacha bo’lgan ishlab chiqarishni integratsiya qilishni nazarda tutuvchi rivojlanishning klaster modelini amalga oshirish; -oltinchidan, xom ashyo resurslari taqsimotining mutanosibligi va tashkil etilayotgan tarmoq korxonalarining logistika va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish bilan o’zaro uzviy bog’liklikda, shu jumladan, ko’p funktsiyali transport-logistika xablarini qurish, yuklarini etkazishning optimal yo’nalishlari hamda yo’laklarini tanlash, shuningdek, tranportda yuk tashish ta’riflarini optimallashtirish orqali joylashuvini ta’minlash; -ettinchidan, yuqori sifatli tayyor engil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportini kengaytirish, milliy brendlarni jahon bozorlariga ilgari surish maqsadida ishlab chiqarish jarayonida ilg’or va innovatsion texnologiyalar, nou29 xau, dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy etish, furnitura va aksessuarlarning zamonaviy namunalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish; -sakkizinchidan, talab yuqori bo’lgan mutaxassisliklar bo’yicha yo’nalishlarni kengaytirgan holda engil sanoat uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, talim muassasalarining o’quv dasturlarini tarmoqning zamonaviy rivojlanish tendentsiyalarini hisobga olgan holda qayta ko’rib chiqish, ilmiy tadqiqot faoliyatini, shuningdek, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni faollashtirish.

Tarmoqlarning zamonaviy rivojlanish tendentsiyalarini hisobga olgan holda sanoat sohasida kadrlarga bo’lgan real ehtiyojning va ularni tayyorlashning istiqbolli yo’nalishlarini aniqlash, mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha o’quv dasturlarini takomillashtirishda ishtirok etish, ushbu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini chuqurlashtirish, tarmoqning jadal rivojlanishi va engil sanoat korxonalarining barqaror faoliyat ko’rsatishiga to’sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish, mazkur sohada qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish zarur. Xulosa va takliflar Xulosa qilib aytganda sanoatning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishjarayonida asosiy e’tibor tarkibiy o’zgarishlarga qaratilgan bo’lib, ular sanoat tarmoqlaridagi makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va tarkibiy siljishlar bilan birgalikda bashorat qilinadi. Sanoatning tarmoq tarkibini 2030 yilga qadar takomillashtirish YaIMda sanoat ulushini rivojlangan davlatlarda YaIM tarkibidagi xarakterlarga xos bo’lgani kabi 2018 yildagi 35,6%dan 2030 yilda 40% oshirish bilan asoslanadi. Bu maqsadga erishi uchun, “shuni aytish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda bu boradagi ishlar boshlab yuborilgan. Ayni vaqtda bu ishlar yuqori salohiyatga ega bo’lgan har bir turdagi istiqbolli xomashyo va yarim fabrikat bo’yicha chuqur qayta ishlashning 2020, 2025, 2030 yillarga mo’ljallangan aniq dasturiga ega bo’lish uchun mutlaqo yangi dasturiy kompleks yondashuvni talab etadi. Respublikamizda keng turdagi sifatli to’qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlar ishlab chiqarilishini tashkil etish, uning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar roli ahamiyati shundaki, O’zbekiston ulkan xorijiy investitsiyalar yo’naltirilayotgan mamlakatlar guruhiga kirish uchun barcha shart-sharoitlarga, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun bir qator afzalliklarga ega. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan buyon qulay investitsiya muhitini yaratish davlatimiz iqtisodiy siyosatining markaziy masalalaridan biri bo’lib kelmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 iyulda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4406-sonli Qarori 2. Prezidentimizning 2018 yil 4 martdagi «2018-2020 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o’zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar dasturi to’g’risida»gi farmoni 3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 14 yanvardagi 18sonli qarori; 4.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 22 iyundagi PQ-386-sonli qarori; 5.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2007 yil 8 maydagi 93-sonli qarori; 6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 maydagi PQ-879-sonli qarori; 7.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 3 iyuldagi 149sonli qarori 8. A.Burxanov Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (darslik) 2021 yil

Matn maqola PDF'idan avtomatik chiqarilgan. Rasm, jadval va formulalar matnda aks etmasligi mumkin — asl ko'rinish uchun PDF'ga qarang.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi.

Iqtibos olish

APA 7
Turayeva, Gulizahro, Suyunov, Shohzodbek, Ibodullayev, Nodirjon, Tursunqulova, Muxlisa & Rasulova, Nasiba (2022). SANOAT ULUSHINI OSHIRISHDAGI (XUSUSAN ENGIL SANOAT) MUAMMOLAR VA YECHIMLAR. Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar, 1(vative), 27-31. https://doi.org/10.5281/zenodo.7418523
GOST R 7.0.5
Turayeva, Gulizahro, Suyunov, Shohzodbek, Ibodullayev, Nodirjon, Tursunqulova, Muxlisa, Rasulova, Nasiba SANOAT ULUSHINI OSHIRISHDAGI (XUSUSAN ENGIL SANOAT) MUAMMOLAR VA YECHIMLAR // Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar. 2022. Т. 1. № vative. С. 27-31. URL: https://doi.org/10.5281/zenodo.7418523
BibTeX
@article{gulizahro2022,
  author  = {Turayeva, Gulizahro and Suyunov, Shohzodbek and Ibodullayev, Nodirjon and Tursunqulova, Muxlisa and Rasulova, Nasiba},
  title   = {SANOAT ULUSHINI OSHIRISHDAGI (XUSUSAN ENGIL SANOAT) MUAMMOLAR VA YECHIMLAR},
  journal = {Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar},
  year    = {2022},
  volume  = {1},
  number  = {vative},
  pages   = {27-31},
  doi     = {10.5281/zenodo.7418523}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Turayeva, Gulizahro
AU  - Suyunov, Shohzodbek
AU  - Ibodullayev, Nodirjon
AU  - Tursunqulova, Muxlisa
AU  - Rasulova, Nasiba
TI  - SANOAT ULUSHINI OSHIRISHDAGI (XUSUSAN ENGIL SANOAT) MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
JO  - Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar
PY  - 2022
VL  - 1
IS  - vative
SP  - 27
EP  - 31
DO  - 10.5281/zenodo.7418523
ER  -