Наука и инновации 4-jild 70-son (2026) · 99-104-betlar

SOAR-TAHLILI METODINING TALABALARDA O’Z-O’ZINI BAHOLASH KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDAGI IMKONIYATLARI

Sadikova, Shaxnoza

Manbada oʻqish PDF

Annotatsiya

Ushbu maqolada strategik tahlilning yangi avlod metodologiyasi - SOAR-tahlili (Strengths, Opportunities, Aspirations, Results - kuchli tomonlar, imkoniyatlar, intilishlar, natijalar) metodining talabalarda o’z-o’zini baholash ko’nikmalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda J. Stavros va G. Xinriks (2009) tomonidan ishlab chiqilgan SOAR-tahlili konsepsiyasi va D. Kuperraydir tomonidan asoslangan ijobiy izlanish (Appreciative Inquiry) yondashuvi asosida talabalarning pedagogik amaliyotida ushbu metodning samaradorligi o’rganildi. Maqolada SOAR-tahlilining an'anaviy SWOT-tahlilidan farqlovchi xususiyatlari, talabalar o’z-o’zini baholash jarayoniga muvofiqlashtirilgan to’rt sektorli matritsasining didaktik imkoniyatlari hamda Stavros va Koul-Stavros (2019) tomonidan tasdiqlangan 12 ta indikatorli baholash shkalasi yoritildi. Muallif tomonidan SOAR-tahlilini o’z-o’zini baholash maqsadida qo’llashning oltita bosqichli pedagogik algoritmi taklif etildi. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida talabalarning shaxsiy va kasbiy o’sishini ta’minlovchi yangi didaktik vositani amaliyotga joriy etish imkonini beradi.

SOAR-tahlili, o’z-o’zini baholash, ijobiy izlanish (Appreciative Inquiry), strategik tafakkur, kuchli tomonlar, imkoniyatlar, intilishlar, natijalar, talabalar, oliy ta’lim, refleksiv amaliyot.

Toʻliq matn

SOAR-TAHLILI METODINING TALABALARDA O’Z-O’ZINI BAHOLASH KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDAGI IMKONIYATLARI Sadikova Shaxnoza Ulug’bek qizi Andijon davlat pedagogika instituti Mustaqil tadqiqotchisi E-mail: sobirovjahongir@example.uz Annotatsiya: Ushbu maqolada strategik tahlilning yangi avlod metodologiyasi - SOARtahlili (Strengths, Opportunities, Aspirations, Results - kuchli tomonlar, imkoniyatlar, intilishlar, natijalar) metodining talabalarda o’z-o’zini baholash ko’nikmalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda J. Stavros va G. Xinriks (2009) tomonidan ishlab chiqilgan SOAR-tahlili konsepsiyasi va D. Kuperraydir tomonidan asoslangan ijobiy izlanish (Appreciative Inquiry) yondashuvi asosida talabalarning pedagogik amaliyotida ushbu metodning samaradorligi o’rganildi. Maqolada SOAR-tahlilining an'anaviy SWOTtahlilidan farqlovchi xususiyatlari, talabalar o’z-o’zini baholash jarayoniga muvofiqlashtirilgan to’rt sektorli matritsasining didaktik imkoniyatlari hamda Stavros va Koul-Stavros (2019) tomonidan tasdiqlangan 12 ta indikatorli baholash shkalasi yoritildi. Muallif tomonidan SOARtahlilini o’z-o’zini baholash maqsadida qo’llashning oltita bosqichli pedagogik algoritmi taklif etildi. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida talabalarning shaxsiy va kasbiy o’sishini ta’minlovchi yangi didaktik vositani amaliyotga joriy etish imkonini beradi. Kalit so’zlar: SOAR-tahlili, o’z-o’zini baholash, ijobiy izlanish (Appreciative Inquiry), strategik tafakkur, kuchli tomonlar, imkoniyatlar, intilishlar, natijalar, talabalar, oliy ta’lim, refleksiv amaliyot. Аннотация: В данной статье анализируются возможности применения метода стратегического анализа нового поколения - SOAR-анализа (Strengths, Opportunities, Aspirations, Results - сильные стороны, возможности, устремления, результаты) в развитии навыков самооценивания у студентов. В исследовании на основе концепции SOAR-анализа, разработанной Дж. Ставрос и Г. Хинриксом (2009), и подхода Признательного исследования (Appreciative Inquiry), обоснованного Д. Куперрайдером, изучена эффективность данного метода в педагогической практике со студентами. В статье освещены отличительные особенности SOAR-анализа от традиционного SWOTанализа, дидактические возможности четырехсекторной матрицы, адаптированной к процессу самооценивания студентов, а также 12-индикаторная шкала оценивания, валидизированная Ставрос и Коул-Ставрос (2019). Автором предложен шестиэтапный педагогический алгоритм применения SOAR-анализа для целей самооценивания.

Результаты исследования позволяют внедрить в практику высших учебных заведений новый дидактический инструмент, обеспечивающий личностный и профессиональный рост студентов. Ключевые слова: SOAR-анализ, самооценивание, признательное исследование (Appreciative Inquiry), стратегическое мышление, сильные стороны, возможности, устремления, результаты, студенты, высшее образование, рефлексивная практика. Annotation: This article analyzes the possibilities of applying the new generation strategic analysis method - SOAR analysis (Strengths, Opportunities, Aspirations, Results) - in developing self-assessment skills among students. The study, based on the SOAR analysis concept developed by J. Stavros and G. Hinrichs (2009) and the Appreciative Inquiry approach substantiated by D. Cooperrider, examines the effectiveness of this method in pedagogical practice with students. The article highlights the distinctive features of SOAR analysis from traditional SWOT analysis, the didactic possibilities of a four-sector matrix adapted to the student self-assessment process, as well as the 12-indicator assessment scale validated by Stavros and Cole-Stavros (2019). The author proposes a six-stage pedagogical algorithm for applying SOAR analysis for self-assessment purposes. The research results allow the introduction of a new didactic tool into the practice of higher educational institutions, ensuring the personal and professional growth of students. Keywords: SOAR analysis, self-assessment, Appreciative Inquiry, strategic thinking, strengths, opportunities, aspirations, results, students, higher education, reflective practice. Kirish Zamonaviy oliy ta’lim talabalarining shaxsiy va kasbiy rivojlanishini ta’minlashda o’zo’zini baholash ko’nikmalari markaziy o’rin tutadi. Bilim hajmining tezkor o’sishi va kasbiy talablarning doimiy o’zgaruvchanligi sharoitida talabaning o’z imkoniyatlari, kuchli va kuchsiz tomonlari haqida obyektiv tasavvurga ega bo’la olish qobiliyati uning hayotiy va kasbiy muvaffaqiyatini belgilab beruvchi asosiy omildir [11, 14]. An'anaviy o’z-o’zini baholash usullari ko’pincha kamchiliklarni aniqlash va tuzatishga yo’naltirilgan bo’lib, talabaning ijobiy salohiyatini va kelajak istiqbollarini yetarli darajada ifoda etmaydi. So’nggi yillarda strategik boshqaruv va pedagogika fanlari kesishmasida shakllangan SOAR-tahlili (Strengths - kuchli tomonlar, Opportunities - imkoniyatlar, Aspirations - intilishlar, Results - natijalar) o’z-o’zini baholashning yangi avlod metodologiyasi sifatida e'tiborni jalb etmoqda [2, 8]. SOAR-tahlilining o’ziga xosligi shundaki, u an'anaviy SWOT-tahlilidan farqli o’laroq, kamchiliklar va tahdidlarni emas, balki kuchli tomonlar va imkoniyatlarni asos qilib oladi hamda istiqbol va natijalarga yo’naltirilgan ijobiy izlanish (Appreciative Inquiry)

tamoyiliga asoslanadi [12, 15]. J. Stavros va G. Xinriks (2009) tomonidan ishlab chiqilgan SOAR-tahlili dastlab strategik boshqaruv sohasida tashkilotlarning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish vositasi sifatida shakllangan [2]. Biroq so’nggi yillarda uning ta’lim sohasidagi, xususan, talabalar bilan ishlashdagi imkoniyatlari faol o’rganila boshlandi. Xindiston, AQSh, Kanada va Yevropaning bir qator oliy ta’lim muassasalarida o’tkazilgan tadqiqotlar SOAR-tahlilining talabalarning o’zo’zini baholash, motivatsiya va akademik o’sishidagi samaradorligini tasdiqladi [4, 6, 7]. Tadqiqotning dolzarbligi quyidagi qarama-qarshiliklarga asoslanadi. Birinchidan, oliy ta’limda o’z-o’zini baholash zarurligi qabul qilingan bo’lsa-da, mavjud metodlar (anketa, rubrika, refleksiv kundalik) ko’pincha bir o’lchamli xarakterga ega va talabaning yaxlit shaxsiykasbiy salohiyatini aks ettirmaydi. Ikkinchidan, an'anaviy SWOT-tahlili talabalarda o’z-o’ziga nisbatan tanqidiy munosabatni kuchaytirib, ularning o’z-o’ziga ishonchini pasaytirishi mumkin [10, 15]. Uchinchidan, SOAR-tahlilining ta’limga moslashtirilgan didaktik modeli, ayniqsa, O‘zbekiston pedagogik amaliyotida hali yetarli ishlab chiqilmagan. Tadqiqotning maqsadi - SOAR-tahlili metodining talabalarda o’z-o’zini baholash ko’nikmalarini rivojlantirishdagi didaktik imkoniyatlarini nazariy va amaliy nuqtai nazardan tahlil qilish hamda uni pedagogik amaliyotga tatbiq etishning algoritmini ishlab chiqishdir. Adabiyotlar tahlili va metodologiya SOAR-tahlilining nazariy-metodologik asoslarini bir necha yo’nalishda tahlil qilish maqsadga muvofiq. Birinchi yo’nalish - ijobiy izlanish (Appreciative Inquiry - AI) nazariyasi. D. Kuperraydir va S. Sriwastva (1987) tomonidan ishlab chiqilgan ushbu yondashuv tashkiliy o’zgarishlarga an'anaviy muammoga yo’naltirilgan yondashuvga muqobil sifatida shakllangan [8]. AI tamoyiliga ko’ra, hech qachon "Muammolar nimada?" emas, balki "Eng yaxshi narsa nimada?" va "Buni qanday kengaytirish mumkin?" deb savol berish kerak. SOAR-tahlili AI ning amaliy ifodalanishi bo’lib, uning to’rt asosiy bosqichini (Discovery - kashfiyot, Dream - orzu, Design loyihalash, Destiny - yo’nalish) matrits shakliga moslashtiradi [12]. Ikkinchi yo’nalish - SOAR-tahlilining konseptual asoslari. J. Stavros, J.M. Kuper, M. Koul (2003, 2009) tomonidan ishlab chiqilgan SOAR-tahlili an'anaviy SWOT-tahlilidan ikki muhim jihat bilan farqlanadi [2, 15]. Birinchidan, u tashkilotning (yoki shaxsning) barcha qatlamlari va darajalarini o’z ichiga oladi, faqat rahbariyat nuqtai nazariga tayanmaydi. Ikkinchidan, u kamchiliklar va tahdidlarni qayd etmaydi, balki ularni imkoniyatlarga aylantirishga yo’naltirilgan ijobiy strategik tafakkurni rivojlantiradi. J. Stavros va S. Koul-Stavros (2019) o’z asarida SOAR-tahlilining nazariy-metodologik bazasini chuqurlashtirib, uni keng tarqalgan tashkiliy va pedagogik amaliyotga moslashtirdilar [12].

Uchinchi yo’nalish - SOAR-tahlilining empirik tasdiqlanishi. 2019-yilda nashr etilgan tadqiqotda J. Stavros va xammuallifllari 12 banddan iborat SOAR-shkalasini ishlab chiqib, uning ishonchliligi va validligini katta namuna ustida tasdiqladilar [3]. Tadqiqot 1000 dan ortiq xodim va talabalar ustida o’tkazilib, to’rt omilli ESEM modelining eng yaxshi muvofiqligi aniqlandi. Ushbu shkala SOAR-tahlilini pedagogik amaliyotda baholash uchun ishonchli vosita sifatida xizmat qiladi. To’rtinchi yo’nalish - SOAR-tahlilining ta’lim sohasidagi tatbiqi. Hindiston tibbiyot universitetida o’tkazilgan longitud tadqiqot (n=690) e-learning va e-modullarning samaradorligini SOAR-tahlili orqali baholash imkonini berdi va talabalarning ijobiy idroki uchun aniq omillarni aniqladi [6]. Kanada Royal Roads universitetida o’tkazilgan tadqiqot SOAR-tahlilini talabalar va o’qituvchilar bilan birga dasturni ko’rib chiqishda Think-Pair-Share metodi bilan birga qo’llashning samaradorligini ko’rsatdi [4]. Indoneziyaning aviasion ta’lim muassasasida SOAR-tahlilini xalqaro tayyorgarlik integratsiyasi orqali ta’lim sifatini oshirishda qo’llash o’rganildi [7]. Beshinchi yo’nalish - o’z-o’zini baholash nazariyalari bilan SOAR-tahlilining bog'liqligi. D. Nikol va S. MakKallum (2022) ichki teskari aloqa (internal feedback) konsepsiyasini ishlab chiqib, talabaning o’z faoliyatini ichki ravishda baholash mexanizmlarini ko’rsatdilar [11]. Y. Yan va D. Karleys (2022) o’z-o’zini baholash jarayonini uchta bosqichga ajratdilar: mezonlarni aniqlash va qo’llash, o’z-o’zini refleksiya, o’z-o’zini baholash hukmlari va kalibratsiyasi [14]. SOAR-tahlili ushbu jarayonni strukturali, ko’p o’lchamli va ijobiy yo’nalishga ega bo’lgan vositaga aylantirishi mumkin. Mahalliy tadqiqotlardan refleksiv o’qitishga innovatsion yondashish [13] va talabalarda refleksiv qobiliyatni shakllantirish [9] yo’nalishidagi ishlanmalar SOAR-tahlilini O‘zbekiston ta’lim kontekstiga moslashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq SOAR-tahlilining o’zo’zini baholash maqsadida qo’llanilishi bo’yicha alohida mahalliy tadqiqot hali yo’q. Tadqiqotda quyidagi ilmiy metodlar qo’llanildi: nazariy tahlil va sintez (SOAR-tahlili konsepsiyalarini umumlashtirish); qiyosiy-pedagogik tahlil (SWOT va SOAR-tahlillarini taqqoslash); didaktik modellashtirish (o’z-o’zini baholash matritsasini ishlab chiqish); pedagogik loyihalash (algoritmni shakllantirish). Metodologik asos sifatida ijobiy psixologiya (M. Seligman), Appreciative Inquiry (D. Kuperraydir), o’zini-o’zi tartibga solish nazariyasi (B.

Zimmerman) hamda konstruktivistik pedagogika tamoyillari foydalanildi. SOAR-tahlili talabalarda o’z-o’zini baholash ko’nikmalarini rivojlantirishda quyidagi muhim didaktik imkoniyatlarni taqdim etadi. Birinchidan, ijobiy o’z-o’zini idrok etishni rivojlantirish. An'anaviy o’z-o’zini baholash usullaridan farqli o’laroq, SOAR-tahlili talabani o’z kuchli tomonlari, yutuqlari va imkoniyatlariga qaratadi. Bu uning akademik o’z-o’ziga ishonchini (self-efficacy) va motivatsiyani sezilarli oshiradi [12]. Ikkinchidan, strategik tafakkurni shakllantirish. SOAR-tahlili talabani uzoq muddatli istiqbol bo’yicha fikrlashga, hozirgi imkoniyatlar va kelajak maqsadlari o’rtasida bog'liqlik o’rnatishga o’rgatadi. Bu kasbiy kelajakka tayyorgarlik ko’rishning muhim ko’nikmasidir [4, 7]. Uchinchidan, ko’p o’lchamli o’z-o’zini idrok etish. To’rt sektorli matrits talabaning shaxsiyatini akademik, kasbiy, ijtimoiy va shaxsiy o’lchamlarning yaxlit majmuasi sifatida ko’rib chiqishga imkon beradi. Bu uning o’z-o’zini baholashining yuzaki emas, balki chuqur va integratsiyalashgan bo’lishini ta’minlaydi [11, 14]. To’rtinchidan, motivatsion potensialning kuchayishi. Intilishlar (Aspirations) sektorining mavjudligi talabaning ichki motivatsiyasini faollashtiradi. M. Seligman ijobiy psixologiyasiga ko’ra, kelajakka yo’naltirilgan ijobiy vizyon shakllantirish odamlarning aniq harakatlarga o’tishida muhim ahamiyatga ega [10]. Beshinchidan, sotsial-emotsional kompetensiyalarni rivojlantirish. SOAR-tahlili guruhli formatda o’tkazilganda (Think-Pair-Share metodi bilan) talabalar bir-birining kuchli tomonlarini ko’ra olish, qadrlash va qo’llab-quvvatlash ko’nikmalarini ham rivojlantiradilar [4]. Oltinchidan, refleksiv amaliyot integratsiyasi. Metod Kolb tajriba o’qitish davrasi va Zimmerman SRL modeliga organik integratsiyalashadi: kuchli tomonlarni aniqlash (refleksiv kuzatish), imkoniyatlarni tahlil qilish (mavhum konseptualizatsiya), intilishlar (rejalashtirish) va natijalar (faol eksperimentlash) [5, 13]. SOAR-tahlilini talabalar bilan ishlashda joriy etishda bir qator muammolar yuzaga kelishi mumkin. Birinchidan, talabalarning an'anaviy o’z-o’zini baholash madaniyatiga moslashganligi sababli, ular avval o’z kuchli tomonlarini aniqlashda qiyinchilik his qiladilar - chunki bizning ta’lim madaniyatimizda ko’pincha kamchiliklarni qayd etish ustun bo’lib kelgan. Ikkinchidan, intilishlar (Aspirations) sektori ba’zi talabalar uchun "sun'iy" tuyulishi mumkin, ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti murakkab bo’lgan talabalar uchun. Bunda o’qituvchi pedagogik mahorat namoyish etib, har bir talabaning shaxsiy konteksini hisobga olishi shart.

Uchinchidan, SOAR-tahlilining samaradorligi uning bir martalik tadbir emas, balki uzluksiz amaliyot sifatida qo’llanilishi bilan bog'liq. Tadqiqotlarga ko’ra, optimal davr semestriga 2-3 marta to’liq SOAR-tahlilini o’tkazish, oralarda esa qisman moslashtirish [4, 6]. Metodning istiqbollari sezilarli: birinchidan, raqamli ta’lim platformalari (LMS) imkoniyatlari (interaktiv SOAR-matritsalari, vizion taxtalar, monitoring vositalari) metodning samaradorligini sezilarli oshirishi mumkin. Ikkinchidan, sun'iy intellekt vositalari (ChatGPT, Claude) talabaga SOAR-savollariga javob berishda Sokratik dialog yo’li bilan yordam berishi mumkin. Uchinchidan, fanlararo qo’llanilishi SOAR-tahlilini ham pedagogik, ham psixologik, ham karera ko’magi sohalarida samarali qo’llashga imkon beradi. Xulosa Olib borilgan tadqiqot natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. SOAR-tahlili (Strengths, Opportunities, Aspirations, Results) - ijobiy izlanish (Appreciative Inquiry) yondashuviga asoslangan strategik tahlilning yangi avlod metodologiyasi bo’lib, u talabalarning o’z-o’zini baholash ko’nikmalarini rivojlantirishda an'anaviy SWOT-tahlilidan jiddiy afzalliklarga ega [2, 12, 15]. 2. SOAR va SWOT-tahlillarining qiyosiy tahlili yettita farqlovchi mezon bo’yicha SOARtahlilining talabalar bilan ishlashda pedagogik afzalliklarini ochib berdi: ijobiy falsafiy asos, istiqbolga yo’nalganlik, motivatsion ta’sir, keng ishtirokchilar doirasi va strategik harakat rejasi yaratish imkoniyati. 3. Talabalar o’z-o’zini baholash uchun moslashtirilgan SOAR-tahlili matritsasi to’rt sektorda mahsus refleksiv savollar bilan boyitilgan bo’lib, talabaning chuqur, ko’p o’lchamli va integratsiyalashgan o’z-o’zini tahlilini ta’minlaydi. 4. SOAR-tahlilini qo’llashning oltita bosqichli pedagogik algoritmi (tayyorgarlik, kashfiyot, skanerlash, orzu, loyihalash, amalga oshirish) Kuperraydirning 4-D modeli asosida ishlab chiqilib, talabaning o’z-o’zini baholash jarayonini izchil va tizimli amalga oshirishga imkon beradi [8, 12]. 5. SOAR-tahlilining didaktik imkoniyatlari oltita asosiy yo’nalishda namoyon bo’ladi: ijobiy o’z-o’zini idrok etish, strategik tafakkur, ko’p o’lchamli o’z-o’zini idrok etish, motivatsion potensial, sotsial-emotsional kompetensiyalar va refleksiv amaliyot integratsiyasi. 6. 12-bandli SOAR-shkalasi (Stavros, 2019) [3] metodning samaradorligini obyektiv baholash imkonini beradi va talabaning SOAR-kompetensiyasi darajasini har bir sektor bo’yicha aniqlashga imkon beradi. 7. Metodning O‘zbekiston oliy ta’lim sharoitiga joriy etilishi an'anaviy o’z-o’zini baholash madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy konteks va uzluksiz amaliyot tashkili kabi muammolarni hisobga olishni taqozo etadi. Raqamli ta’lim muhitlari va sun'iy intellekt vositalari bilan integratsiyalashish metodning istiqbolli rivojlanish yo’nalishi hisoblanadi.

Kelgusi tadqiqotlarda SOAR-tahlili metodining O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida eksperimental aprobatsiyasi, uning turli yo’nalishlardagi talabalar (texnik, gumanitar, pedagogik) uchun moslashtirilgan variantlari hamda raqamli SOAR-vositalarini ishlab chiqish dolzarb yo’nalishlardir.

Adabiyotlar, References, Литературы: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli "20222026-yillarga mo’ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g'risida"gi Farmoni. - Toshkent, 2022. 2. Stavros J.M., Hinrichs G. The Thin Book of SOAR: Building Strengths-Based Strategy. Bend: Thin Book Publishing, 2009. - 96 p. 3. Stavros J.M., Wooten L.P., Cole-Stavros S. Measuring Strengths, Opportunities, Aspirations, and Results: Psychometric Properties of the 12-Item SOAR Scale // Frontiers in Psychology. 2022. - Vol. 13. - Article 859260. - URL: https://pmc.ncbi.nlm.nih.gov/articles/PMC9028961/ 4. Hoare L., Cole S., Stavros J. SOAR Analysis Activity for Program Review // Program Review Handbook. Kamloops: Thompson Rivers University, URL:

5. Kolb D.A. Experiential Learning: Experience as the Source of Learning and Development. 2nd ed. - Upper Saddle River: Pearson Education, 2015. - 416 p. 6. E-learning and E-modules in medical education - A SOAR analysis using perception of undergraduate students // PLoS One. - 2023. - Vol. 18, No. 5. - Article e0285563. - URL:

7. Strategy Program for Improving Aviation Vocational College Studies Through International Training Integration Using SOAR Analysis // Atlantis Press. - 2023. - URL:

8. Cooperrider D.L., Srivastva S. Appreciative inquiry in organizational life // Research in Organizational Change and Development. - 1987. - Vol. 1. - P. 129-169. 9. Talabalarni refleksiv qobiliyatini shakllantirishning nazariy asoslari // Modern Science and Research.

URL:

10. Seligman M.E.P. Authentic Happiness: Using the New Positive Psychology to Realize Your Potential for Lasting Fulfillment. - New York: Free Press, 2002. - 336 p.

Matn maqola PDFʼidan avtomatik chiqarilgan. Rasm, jadval va formulalar matnda aks etmasligi mumkin · asl koʻrinish uchun PDFʼga qarang.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi.

Iqtibos olish

APA 7
Sadikova, Shaxnoza (2026). SOAR-TAHLILI METODINING TALABALARDA O’Z-O’ZINI BAHOLASH KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDAGI IMKONIYATLARI. Наука и инновации, 4(70), 99-104.
GOST R 7.0.5
Sadikova, Shaxnoza SOAR-TAHLILI METODINING TALABALARDA O’Z-O’ZINI BAHOLASH KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDAGI IMKONIYATLARI // Наука и инновации. 2026. Т. 4. № 70. С. 99-104.
BibTeX
@article{shaxnoza2026,
  author  = {Sadikova, Shaxnoza},
  title   = {SOAR-TAHLILI METODINING TALABALARDA O’Z-O’ZINI BAHOLASH KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDAGI IMKONIYATLARI},
  journal = {Наука и инновации},
  year    = {2026},
  volume  = {4},
  number  = {70},
  pages   = {99-104}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Sadikova, Shaxnoza
TI  - SOAR-TAHLILI METODINING TALABALARDA O’Z-O’ZINI BAHOLASH KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDAGI IMKONIYATLARI
JO  - Наука и инновации
PY  - 2026
VL  - 4
IS  - 70
SP  - 99
EP  - 104
ER  -