Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 4-jild 36-son (2025) · 36-40-betlar

INGLIZ VA O’ZBEK MEDIADISKURSIDA SUBYEKTIV MODALLIKNING HISSIY-EKSPRESSIV VA BAHOLOVCHI LEKSIKA VOSITALARI ORQALI IFODALANISHI

Nazirqulova, Dilrabo

Manbada oʻqish PDF

Annotatsiya

Ushbu maqola hozirgi kunda insoniyat olamida, axborot olamida kattagina qiziqishlarga sabab bo’layotgan, odamlarda qiziqish bilan kuzatib borilayotgan mediadiskurs va uning ingliz va o’zbek tillaridagi ifodalanish vositalarining o’zaro tahliliga bag’ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi-jurnalistlar tomonidan auditoriyaga ta’sir o’tkazishda qo’llaniladigan leksik-pragmatik mexanizmlarni ochib berishdir. Tahlil natijalariga ko’ra, subyektiv modallikni yuzaga keltiruvchi eng samarali vositalar hissiy-ekspressiv va baholovchi leksika hamda intensifikatorlar, shuningdek, metaforik iboralar va yumshatuvchi birikmalar, yashirin(implisit) baho berish funksiyasini bajaradi. Maqolada bu vositalarning matndagi kommunikativ vazifasi yoritilgan bo’lib, ular nafaqat faktni bayon etish, balki o’quvchida zarur emotsionalfonni yaratish, axloqiy pozitsiyani shakllantirish va ma’lum bir nuqtai nazarni qabul qilishga undash kabi kuchli pragmatik salohiyatga ega ekanligi asoslangan. Tadqiqot mediaxabarlarida obyektivlik va subyektivlik chegaralarini belgilashga hissa qo’shadi.

subyektiv modallik, mediadiskurs, hissiy-ekspressiv va baholovchi leksika, pragmatik tahlil, kontekstual tahlil, metaforik birikma, hissiy effekt.

Toʻliq matn

INGLIZ VA O’ZBEK MEDIADISKURSIDA SUBYEKTIV MODALLIKNING HISSIYEKSPRESSIV VA BAHOLOVCHI LEKSIKA VOSITALARI ORQALI IFODALANISHI Dilrabo Nazirqulova Zafariddin qizi O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti mustaqil izlanuvchisi Dilrabozafarovna3@gmail.com ORCID: 0009-0006-4401-7607 Annotatsiya. Ushbu maqola hozirgi kunda insoniyat olamida, axborot olamida kattagina qiziqishlarga sabab bo’layotgan, odamlarda qiziqish bilan kuzatib borilayotgan mediadiskurs va uning ingliz va o’zbek tillaridagi ifodalanish vositalarining o’zaro tahliliga bag’ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi-jurnalistlar tomonidan auditoriyaga ta’sir o’tkazishda qo’llaniladigan leksikpragmatik mexanizmlarni ochib berishdir. Tahlil natijalariga ko’ra, subyektiv modallikni yuzaga keltiruvchi eng samarali vositalar hissiy-ekspressiv va baholovchi leksika hamda intensifikatorlar, shuningdek, metaforik iboralar va yumshatuvchi birikmalar, yashirin(implisit) baho berish funksiyasini bajaradi. Maqolada bu vositalarning matndagi kommunikativ vazifasi yoritilgan bo’lib, ular nafaqat faktni bayon etish, balki o’quvchida zarur emotsionalfonni yaratish, axloqiy pozitsiyani shakllantirish va ma’lum bir nuqtai nazarni qabul qilishga undash kabi kuchli pragmatik salohiyatga ega ekanligi asoslangan. Tadqiqot mediaxabarlarida obyektivlik va subyektivlik chegaralarini belgilashga hissa qo’shadi. Kalit so’zlar. subyektiv modallik, mediadiskurs, hissiy-ekspressiv va baholovchi leksika, pragmatik tahlil, kontekstual tahlil, metaforik birikma, hissiy effekt. Kirish. Mediadiskursda auditoriyaga ma’lum bir ta’sir o’tkazish, ularda ma’lum bir uzatilayotgan xabarga nisbatan hissiy ekkeft shakllantirishda, subyektiv modallik turning ahamiyati katta. O’rganilgan bir qator mediadiskurs namunalari tahlilidan ma’lum bo’ldiki, mediadiskurs mualliflari, jurnalistlar garchi obyektivlikka intilsa-da , berilayotgan ma’lumotning neytralligini, faktualligini saqlab qolishga urinsa-da, ba’zi bir o’rinlarda ularning subyektiv munosabati, shaxsiy qarashlari namoyon bo’ladi. Aynan shunday shaxsiy munosabat, subyektivlikni aniqlashda, bizga subyektiv modallikni ifodalab keluvchi bir necha vositalar tahlili yordam berdi. Subyektiv modallikni ifodalovchi bir necha vositalar qatorida ahamiyatlilaridan yana biri hisoblangan hissiy-ekspressiv va baholovchi vositalarning ishtiroki, xabarlarning, maqola matnining ta’sirchanligini, va o’quvchiga nisbatan yetib boorish sur’atini yanada jadallashtiradi. Metodologiya. Tadqiqot davomida, kerakli natijalarga erishish uchun, lingvistik tahlil yondashuvi qo’llanilib, ingliz va o’zbek mediadiskursidan olingan yangilik va analitik maqolalar asosiy material sifatida tanlandi. Misollar “The Times UK”, “Reuters.com”, “The Guardian UK”, “Xabar.uz” kabi bosma va internet nashrlaridan foydalanildi. Tahlil jarayonida semantik, pragmatik hamda kontekstual tahlillardan foydalanildi. Semantik tahlil yordamida, subyektiv modallikni ifodalovchi hissiy-ekspressiv so’zlar, baholovchi sifatlar va metaforik ifodalarning leksik ma’nolari hamda ularning subyektivlikni shakllantirishdagi asosiy roli aniqlandi.

Pragmatik tahlil esa, aniqlangan modallik vositalarining nutqiy vazufasi-ya’ni gapiruvchining niyatini(emotsiya, baho, ta’sir o’tkazish) amalga oshirishdagi o’rnini anglashga yordam berdi.

Kontekstual tahlilda, ushbu vositalarning ma’no va vazifasi matnning umumiy konteksti, diskurs janri va kommunikativ vaziyati nuqtai nazaridan ko’rib chiqildi. Natijalar. Subyektiv modallikni ifodalashda har ikki til-ingliz va o’zbek tillarining o’ziga xos bir nechta vositalari mavjud bo’lib, ulardan har ikki tilda ham keng tarqagani hamda jurnalistlar tomonidan auditoriyaga ta’sir o’tkazishda samarali vosita sifatida qo’llanadigani bu hissiy-ekspressiv va baholovchi leksika hisoblanadi. Bu turdagi leksika auditoriyada ma’lum bir his-tuyg’u(qo’rquv, hayrat, g’azab yoki umid) uyg’otishga qaratilgan bo’ladi. ‘Daxshatli zo’ravonlik’, ‘ajoyib yutuq’ kabi iboralar faktga nisbatan muallifning hissiy munosabatini ochiq ko’rsatadi. Impressive, remarkable, crucial, vital, excellent, sifatlari hamda salbiy baho berishda ishlatiladigan devastating, catastrophic, alarming, unacceptable, horrific kabi so’zlar hissiy-ekspressiv va baholovchi leksika orqali ifodalangan subyektiv modallikni yuzaga keltiradi. The british people have never voted for mass unskilled migration and they’ve certainly never voted… Xabardan olingan ushbu parchadagi unskilled so’zi va mass so’zi neytral ma’lumot emas, balki salbiy baho beruvchi vazifasini bajaradi. “Unskilled” so’zi migratsiyaning sifatiga nisbatan salbiy munosabatni namoyon etadi. Bu orqali jurnalist malakali bo’lmagan muhojirlar oqimiga nisbatan o’zining tanqidiy pozitsiyasini yashirin tarzda ifodalaydi. Demak, unskilled, mass so’zlarining qo’llanilishi hissiy ekspressiv va baholovchi leksika orqali ifodalangan subyektiv modallik turi hisoblanib, gap mazmuniga muallifning salbiy bahosini, munosabatini berish uchun qo’llanilgan. Shu gapning keyingi qismi, ya’ni, “…they’ve certainly never voted to create a system in which billions of pounds a year are spent on foreign nationals who don’t even contribute to our system financially” qismida berilgan don’t even ( hatto hissa qo’shmaydi) birikmasi nafaqat hissa qo’shmaslik fakt ini bayon etish uchun xizmat qiladi, balki bu holatning naqadar yomon va qabul qilib bo’lmas ekanligiga muallifning shaxsiy urg’usini beradi. Bu ibora orqali muallif o’quvchida hukumatning bu masalaga beparvoligi haqida salbiy fikr shakllantirishga harakat qiladi. Ushbu turdagi subyektiv modallikni ifodalovchi so’z intensifikatorlar orqali subyektiv modallikning ifodalanishiga misol bo’la oladi. It’s an abbreviated slate on Saturday Aug.23 on this so-called Week 0. Ushbu parchadagi “so-called” (go’yoki, atalmish) iborasi neytral emas, balki muallifning “0-hafta” atamasiga nisbatan shubha yoki kinoyali munosabatini bildiradi. Bu orqali muallif o’quvchiga atamaning o’zi g’ayritabiiy yoki unchalik ahamiyatli emasligini yashirincha yetkazadi.

The UN has called reports about a possible expansion of Israel’s military operations in Gaza “deeply alarming” if true.(Reuters.com, 8.08.2025) Ushbu mediadiskurs parchasida ko’rishimiz mumkinki, hissiy va baholovchi leksika orqali ifodalangan subyektiv modallik qo’shtirnoq ichida berilib, bu ibora shunchaki “yomon” yoki “salbiy” deb baholashdan ko’ra, “o’ta xavotirli” deb aytishi, vaziyatning naqadar jiddiy va tashvishli ekanligini ko’rsatadi.Bu vaziyat haqida BMTning fikridan foydalanishi muallif ham xuddi shund ay fikrda ekanligini va voqelikka nisbatan kuchli hissiy vaxavotirli pozitsiyani ko’rsatadi. Gap so’nggida kelga “if true” iborasi garchi baholovchi leksika emas, mulohaza bandlari va yumshatuvchi vositalar turkumiga kirsa ham, bu iboraning yangilik maqolasid aishlatilishi ma’lumotning ishonchliligi haqida shubha bildiradi. Bu kabi vaziyatlar BMT tomonidan hali fakt sifatida qabul qilinmaganini va tasdiqlanmagan ma’lumot ekanligini bildiradi. Recent images of starving children from Gaza have also shocked the world and fuelled international criticism of … Ushbu xabardagi “shocked” so’zining ifodalanishi oddiygina “ko’rdi” yoki “biladi” kabi neytral fe’llardan farqli o’laroq, voqelikka nisbatan kuchli hissiy reaksiyani bildiradi. U fotosuratlarning tomoshabinlar uchun naqadar kuchli ta’sirga ega ekanligini ko’rsatadi. Bu orqali muallif voqea-hodisaning og’irligiga o’quvchining e’tiborini qaratadi va o’zining shaxsiy bahosini bildiradi. “Fuelled” (qo’zg’atdi, kuchaytirdi)- fe’li bu yerda metaforik modallikning namunasi bo’lib, “kuchaytirdi” ma’nosini beruvchi “yonilg’i” so’zi, tanqidning xuddi olov kabi tez va kuchli tarqalganligini tasvirlaydi. Bu turdagi metaforalar matnga dramatiklik qo’shadi va voqelikning naqadar jiddiy va ta’sirchan ekanligini ifodalashga xizmat qiladi. Regrettably, we know a minority come with less positive intentions…The actions of this minority are totally at odds with values of those wh care passionately about carnival and we aknowledge those, including the event organizers, who have stood up to condemn violence and serious criminality.(The Times UK, 25.08.2025,p.9) Bu parchadagi “regrettably” so’zi hissiy-ekspressiv va baholovchi leksika orqali ifodalangan subyektiv modallik kategoriyasiga kiradi va bu so’z gapning boshida kelib, muallifning voqelikka nisbatan shaxsiy munosabatini ifodalaydi. Keyingi subyektiv modallik ifodalovchi vositamiz bu “less positive intentions” iborasi hisoblanadi. Bu iborada yumshatuvchi vosita hamda hissiy-ekspressiv leksika kombinatsiyalashgan bo’lib, muallif bu orqali to’g’ridan to’g’ri “yomon niyatlar”, “salbiy natijalar” deyishdan ko’ra, shaxsiy mulohazasini yumshoqroq ifoda etgan.

Totally va passionately so’zlari ham intensifikator hamda hissiy ekspressiv leksikaga kirib, muallif o’z shaxsiy pozitsiyasini auditoriyaga mustahkam bildirish uchun, qat’iyligini ko’rsatish uchun foydalanganini ko’rishimiz mumkin. Yana bir baholovchi leksika kategoriyasiga tegishli bo’lgan “condemn violence and serious criminality” jumlasi ham muallifning kuchli axloqiy pozitsiyasini ifodalash uchun mohirona foydalanilgan. Bu so’zni ishlatish orqali muallif o’quvchiga “zo’ravonlik va jinoyatchilik hech qanday sabab bilan oqlanmasligi kerak” degan universal qoidani auditoriyaga singdirishga harakat qilgan. Bu narsa o’z-o’zidan muallifning shaxsiy noroziligini va bu harakatlarni mutlaqo qabul qilib bo’lmas darajada ekanligini ochiqchasiga namoyon etadi. Ushbu jumlalarni o’qigan o’quvchi ham o’z-o’zidan muallifning fikriga qo’shiladi va shunday xulosaga keladi, bu orqali muallif kuchli manipulyatsiya qilishdan foydalanadi. “What is obvious is that acquisition of Thames Water by a hong Kong company would require close scrutiny from a national security perspective, not just as a commercial infrastructure deal.”(The Times UK, 25.08.2025, p.10) . Bu mediadiskurs namunasida muallif neytral ma’lumot berishdan ko’ra o’zining shaxsiy munosabati va bahosini ifodalash uchun bir necha subyektiv modallik ifodalovchi vositalardan foydalangan. “What is obvious” -baholovchi leksikasi orqali maullif o’z munosabatini shunchaki shaxsiy mulohaza deb emas, balki hamma uchun aniq bo’lganfakt sifatida taqdim etadi. Bu orqali u, o’z pozitsiyasini mustahkamlaydi va o’quvchining uning firkiga qo’shilishini undaydi. “Close scrutiny” (yaqin, sinchikovlik bilan tekshirish) iborasi vaziyatga nisbatan muallifning shaxsiy jiddiy munosabatini ko’rsatadi. Keyingi bo’lakdagi “not just” iborasi intensifikatori nafaqat tijorat infratuzilma bitimi muhimligiga emas, balki milliy infratuzilma bitimi ham muhim ekanligiga urg’u beradi hamda,muallifning shaxsiy qat’iy pozitsiyasini mustahkamlaydi. Axloqiy va ijtimoiy baho berish mazmunidagi so’zlar orqali muallif biror harakat, qaror yoki vaziyatni o’zining axloqiy qadriyatlariga ko’ra baholaydi. Masalan, “adolatsiz qaror”, “ma’qul harakat” kabi so’zlar yordamida jurnalist o’z pozitsiyasini ochiqchasiga namoyon etadi. O’quvchining fikriga ta’sir o’tkazish uchun ishlatiladigan so’zlar mediadiskursda o’quvchini, auditoriyani ma’lum bir nuqtai nazarni qabul qilishga undaydi. Jurnalistning “halokatli oqibatlar” haqidagi mulohazalari o’quvchida vaziyatning jiddiyligi haqida shaxsiy xulosa chiqarishga turtki beradi. O’zbek tilida ijobiy baho bildiruvchi leksika tarkibiga muhim, hal qiluvchi, a’lo, maqbul, o’rinli kabi so’zlarni kiritsak, salbiy baho beruvchi so’zlarga achinarli, falokatli, xavotirli, g’ayritabiiy, noo’rin kabi bir qator so’z iboralarni qo’shishimiz mumkin.

Bombardimonlar tufayli 2 mln kishi o’z uyini tark etdi va hozirda aviahujum, ochlik, xastalik va tashnalik tahdidi ostida, ochiq osmon ostida tunamoqda.(Xabar.uz) Ushbu mediadiskurs parchasida hissiy-ekspressiv va baholovchi leksikani yaqqol ko’rishimiz mumkin. Muallif oddiygina “odamlar och” yoki “kasal” deyishni o’rniga vaziyatning naqadar og’irligini va insonparvarlik krizisiga yaqin ekanligini ko’rsatish uchun hamda o’quvchida kuchli salbiy assotsiatsiyalarni uyg’otish uchun “ochlik, xastalik va tashnalik tahdidi ostida” iborasidan foydalangan. Bu iboralar orqali bir nechta pragmatic maqsadlar ko’zda tutilgan, ya’ni, birinchi navbatda, matnga kuchli patos(hissiy ta’sir) berilgan. “Tahdid” so’zi bilan muallif ushbu sharoitda yashayotgan insonlarning naqadar katta xavf ostida ekanligiga urg’u beradi. Bu orqali muallif auditoriyada hamdardlik va achinish tuyg’usini uyg’otib, ularni bu masalaga befar qolmaslikka undaydi. “Ochiq osmon ostida tunamoqda” -iborasi oddiygina, “ularning uyi yo’q” degan ibora o’rniga ishlatilib, qochqinlarning naqadar himoyasiz va nochor ahvolda ekanligini ta’kidlash uchun ,nochorlikni obrazli tasvirlash uchun muallif tomonidan mohirona foydalanilgan. Bu kuchli obrazli ibora orqali muallif o’quvchining tasavvurida aniq bir manzarani yaratadi va shu orqali ularda vaziyatga nisbatan kuchli hissiy reaksiya uyg’otadi. Ko’rib chiqilgan tahlillardan ma’lum bo’ldiki, hissiy –ekspressiv va baholovchi leksika subyektiv modallikning asosiy tashuvchilaridan biri bo’lib, u matnning nafaqat informativ, balki pragmatik(ta’sir o’tkazish) funksiyasini ham kuchaytiradi. Muhokama. Yuqorida qayd etilgan tahlil natijalaridan shu ma’lum bo’ldiki, hissiyekspressiv va baholovchi leksika(masalan, devastating, horrific, ajoyib yutuq, falokatli) shunchaki informatsiya uzatish uchun emas, balki muallif tomonidan auditoriyaga manfaatli ta’sir o’tkazishning asosiy pragmatik vositasi sifatida qo’llaniladi. Ingliz va o’zbek tillaridagi qiyosiy tahlilning natijasi esa, ushbu turdagi so’zlarning qo’llanilishi mediadiskursning emotsionalizatsiyaga bevosita bog’langanligini, va bunday modallik nafaqat ma’lum histuyg’uni uyg’otishga, balki o’quvchida gapiruvchining pozitsiyasi bilan mos keluvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy pozitsiyani shakllantirishida muhimligini ko’rsatdi. Xulosa. Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak, subyektiv modallikning eng keng tarqalgan va samarali vositasi hissiy-ekspressiv va baholovchi leksika hisoblanadi. Ushbu so’zlar xabarni, maqolani o’qiyotgan auditoriyaning emotsional reaksiyasiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir o’tkazish va muallifning shaxsiy pozitsiyasini o’quvchiga singdirish uchun asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi.Ushbu tahlil ochiq modallik(“deeply alarming”)

bilan bir qatorda yashirin(implicit)bahoni(“unskilled, mass”) ifodalovchi leksikaning ham muhimligini korsatdi. Shuningdek, intensifikatorlar(totally, not just), yumshatuvchi birikmalar(regrettably, less positive) va metaforalar(fuelled) kabilar subyektiv modallikni chuqurlashtiruvchi va dramatiklashtiruvchi vositalar sifatida isbotlandi. Aniqlangan vositalar va ularning tahlillaridan kelib chiqib, xabarlar nafaqat informativ funksiyani bajarishini, balki o’quvchining fikriga ta’sir o’tkazish,ma’lum bir pozitsiyani qabul qilishga undash kabi kuchli pragmatik funksiyalarni amalga oshirishini aniqladik.

Adabiyotlar, References, Литературы:

1. Краснова, Т. И. (2002). Субъективность – Модальность (материалы активной грамматики). СПб.: Изд-vo СПбГУЭФ. 2. Gak, V. G. (1980). Teoreticheskaya grammatika frantsuzskogo yazyka: Sintaksis. Moskva: Vysshaya shkola. 3. Moroz, N. A. (2017). Subyektivnaya modalnost’ teksta v gazeto-zhurnalnom diskurse. Vestnik Yuzhno-Uralskogo gosudarstvennogo universiteta. Seriya: Lingvistika, 14(4), 28-34. 4. Л.С, Е. (1978,Вып. 8. С. 47–60.). Понимание модальности в современной лингвистике //. М. :: МГПИИЯ им. М. Тореза,. 5. Л.Я., З. (2003). Субъективная модальность политического дискурса (На материале российских, британских и американских печатных СМИ)дис. …. Тюмень,: 249 с. 6. Daily Express, 15.08.2025, p13. “Spots at university for high flyers less of a prize than ever” 7. USA Today, 22.08.2025, p.5b. “The 2026 tax filing season might start three weeks late.” Susan Tompor 8. USA Today, 22.08.2025, p.3c. “Big Ten torches its credibility with absurd ideas” Blake Toppmeyer 9. Reuters.com, 8.08.2025, p. “Israel’s security cabinet approves plan to take control of Gaza city” by Alexander Cornwell 10. The Times UK, 25.08.2025, p.7 “Like summer of ’76: Why labour risks a rpeat of IMF bailout” by Steven Swinford and Mehreen Khan 11. The Times UK, 25.08.25, p.9 “Fun and face-scanning at Carnival” by David Woode 12. The Times UK, 25.08.25, p.10. “Deal requires close scrutiny”, by Simon Gass 13. Xalq so’zi, 29.08.2025, Milliy istiqlolimizning eng buyuk maqsadi-insonga e’tibor va uning qadrini yuksaltirishdir. P.1, Nuriddin Ismoilov

Matn maqola PDFʼidan avtomatik chiqarilgan. Rasm, jadval va formulalar matnda aks etmasligi mumkin · asl koʻrinish uchun PDFʼga qarang.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi.

Iqtibos olish

APA 7
Nazirqulova, Dilrabo (2025). INGLIZ VA O’ZBEK MEDIADISKURSIDA SUBYEKTIV MODALLIKNING HISSIY-EKSPRESSIV VA BAHOLOVCHI LEKSIKA VOSITALARI ORQALI IFODALANISHI. Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar, 4(36), 36-40.
GOST R 7.0.5
Nazirqulova, Dilrabo INGLIZ VA O’ZBEK MEDIADISKURSIDA SUBYEKTIV MODALLIKNING HISSIY-EKSPRESSIV VA BAHOLOVCHI LEKSIKA VOSITALARI ORQALI IFODALANISHI // Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar. 2025. Т. 4. № 36. С. 36-40.
BibTeX
@article{dilrabo2025,
  author  = {Nazirqulova, Dilrabo},
  title   = {INGLIZ VA O’ZBEK MEDIADISKURSIDA SUBYEKTIV MODALLIKNING HISSIY-EKSPRESSIV VA BAHOLOVCHI LEKSIKA VOSITALARI ORQALI IFODALANISHI},
  journal = {Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar},
  year    = {2025},
  volume  = {4},
  number  = {36},
  pages   = {36-40}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Nazirqulova, Dilrabo
TI  - INGLIZ VA O’ZBEK MEDIADISKURSIDA SUBYEKTIV MODALLIKNING HISSIY-EKSPRESSIV VA BAHOLOVCHI LEKSIKA VOSITALARI ORQALI IFODALANISHI
JO  - Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar
PY  - 2025
VL  - 4
IS  - 36
SP  - 36
EP  - 40
ER  -