Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild 27-son (2026) · 10-13-betlar
O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI MOLIYAVIY BARQARORLIGINI KOMPLEKS BAHOLASH METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH
Saidov, Doniyor
Annotatsiya
Mazkur tezisda tijorat banklari moliyaviy barqarorligini kompleks baholash metodologiyasini takomillashtirish masalalari AT «Aloqabank» va AT «Xalq bank»i misolida tadqiq etilgan. Tahlil uchun 2021-2025 yillar yakuni bo‘yicha bank aktivlari, kredit portfeli, kapital, depozitlar, muammoli kreditlar ulushi hamda ular asosida hisoblangan kapitallashuv, kredit-depozit, kreditlarning aktivlardagi va depozitlarning aktivlardagi ulushi ko‘rsatkichlaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijasida bank moliyaviy barqarorligini kapital, aktivlar sifati, rentabellik, likvidlik va moliyalashtirish barqarorligi hamda tarkibiy risklarni yagona tizimda qamrab oluvchi kompleks moliyaviy barqarorlik indeksi asosida baholash taklif etilgan. Empirik tahlil Xalq bankida aktivlar sifati va kapital buferining sezilarli yaxshilanganini, Aloqabankda esa kredit sifati nisbatan yuqori bo‘lishi bilan birga tez sur’atlardagi aktivlar o‘sishi kapitallashuv dinamikasini doimiy nazorat qilish zaruratini ko‘rsatgan.
moliyaviy barqarorlik, tijorat banki, kompleks baholash, kapitallashuv, NPL, likvidlik, kredit–depozit nisbati, ROA, ROE, LCR, NSFR, risk, integral indeks.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.