Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar 5-jild 20-son (2026) · 12-15-betlar
QARINDOSHLIK ATAMALARINING O‘ZBEK LINGVOMADANIYATIDAGI O‘RNI
Maxsudova, Dilorom
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi qarindoshlik atamalarining lingvomadaniy xususiyatlari antroposentrik tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Qarindoshlik atamalari nafaqat qarindoshlik munosabatlarini ifodalovchi leksik birliklar, balki xalqning tarixiy tajribasi, milliy qadriyatlari, oilaviy munosabatlari hamda dunyoqarashini aks ettiruvchi muhim lingvomadaniy vosita sifatida baholanadi. Tadqiqotda jahon tilshunosligida qarindoshlik terminlarini o‘rganishga oid nazariy qarashlar hamda o‘zbek tilshunosligidagi ilmiy yondashuvlar qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘zbek shevalarida uchraydigan qarindoshlik terminlari lingvomadaniy mazmun nuqtai nazaridan izohlanadi.
qarindoshlik atamalari, lingvomadaniyat, antroposentrizm, til shaxsi, milliy qadriyat, sheva, konsept.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.