Наука и инновации 4-jild 71-son (2026) · 53-54-betlar
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA DAVLAT MOLIYAVIY KO‘MAGINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Ergashev, Otamurod
Annotatsiya
Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlikni rivojlantirish milliy iqtisodiy o‘sishning muhim endogen omillaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarish va xizmatlar hajmini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, innovatsion faoliyatni jadallashtirish, raqobat muhitini kuchaytirish hamda hududlarning iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim institutsional funksiyani bajaradi. Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi bozor mexanizmlarining o‘zi bilan to‘liq ta’minlanmaydigan moliyaviy va institutsional shart-sharoitlarni talab etadi. Xususan, yangi tashkil etilgan korxonalarning yuqori risk darajasi, axborot assimetriyasi, garov ta’minotining yetishmasligi va moliyaviy resurslar qiymatining yuqoriligi xususiy sektorning investitsion faolligini cheklovchi omillar sifatida namoyon bo‘ladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.