Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild 27-son (2026) · 47-49-betlar
MAHALLIY BUDJET DAROMADLARINI KO‘PAYTIRISHDA YASHIRIN IQTISODIYOTNI QISQARTIRISHNING AHAMIYATI
Abdumalikov, Abduxakim
Annotatsiya
Bugungi kunda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, davlat moliyaviy resurslarini ko‘paytirish va hududlarning moliyaviy mustaqilligini ta’minlashda mahalliy budjetlarning daromad bazasini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mahalliy budjetlar hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini moliyalashtirish, aholi uchun zarur davlat va kommunal xizmatlarni ko‘rsatish, infratuzilmani rivojlantirish, obodonlashtirish hamda ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlashning muhim moliyaviy manbasi hisoblanadi. Shu sababli mahalliy budjet daromadlarini ko‘paytirish, mavjud daromad manbalaridan samarali foydalanish va qo‘shimcha moliyaviy resurslarni safarbar etish davlat moliya siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.