Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild 27-son (2026) · 53-56-betlar
ILM-FAN VA INNOVATSION FAOLIYATNI DAVLAT TOMONIDAN MOLIYALASHTIRISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Mirkasimov, Baxtiyer
Annotatsiya
Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida ilm-fan va innovatsiyalar mamlakatlarning uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishi, raqobatbardoshligi va texnologik rivojlanishini belgilovchi asosiy omillardan biriga aylanmoqda. Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, sun’iy intellekt, biotexnologiya, yashil texnologiyalar, robototexnika va yangi ishlab chiqarish texnologiyalarining keng qo‘llanilishi mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga bo‘lgan ehtiyojini yanada oshirmoqda. Shu sababli rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda ilm-fan va innovatsiyalarni moliyalashtirish hajmini kengaytirish bilan bir qatorda, ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligini baholash masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.