Хорижий лингвистика ва лингводидактика 3-jild 4-son (2025) · 218-222-betlar
O‘ZBEK TILIDA FITONIMLARNING LISONIY TABIATI VA ONOMASTIK MAQOMI
Yakubova, Gulnoza, Якубова, Гульноза, Yoqubova, Gulnoza
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi fitonimlarning lisoniy xususiyatlari, ularning onomastik tizimdagi mavqei hamda terminologik qo‘llanishidagi farqlar tahlil qilinadi. Fitonim, fitonimik leksika, floristik leksika kabi terminlar orasidagi chalkashliklar ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, o‘simlik nomlarining onomastik va onomasiologik qo‘llanilishi, oddiy apellyativ o‘simlik nomlari bilan atoqli o‘simlik nomlari o‘rtasidagi semantik farqlar ko‘rsatib beriladi. O‘zbekiston hududida o‘simlik turlarining ko‘pligi, ularning nomlarining shakllanishi va nomlashning motivasion asoslari misollar orqali izohlanadi. Maqola tilshunoslikda yetarlicha o‘rganilmagan fitonimlarning lisoniy maqomini aniqlashga doir nazariy yondashuvlarni umumlashtiradi.
fitonim, onomastika, o‘simlik nomlari, fitonimik leksika, floristik leksika, apellyativ, atoqli ot.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.