Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 2-son (2026) · 127-133-betlar
BOSHLANGʻICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI
Zokirova, Khulkar, Зокирова, Хулкар, Zokirova, Hulkar
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida multimedia vositalaridan foydalanish metodikasi tadqiq etilgan. Multimedia vositalari o‘quvchilarning matematik tushunchalarni vizual tarzda qabul qilishiga yordam berishi, ularning diqqatini jalb qilishi va matematik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada dars jarayonida interaktiv taqdimotlar, animatsiyalar, audio-video materiallar va elektron darsliklardan foydalanishning samaradorligi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, multimedia vositalari orqali o‘quvchilarni qiziqtirish va dars mazmunini tushunarli qilishning pedagogik usullari bayon qilingan. Tadqiqot natijalari multimedia vositalarining boshlang‘ich sinf matematika darslarida metodik jihatdan muhimligini tasdiqlaydi.
Boshlang‘ich sinf,Matematika darslari,Multimedia vositalari,Pedagogik metodika,Interaktiv ta’lim,Animatsiya,Elektron darslik,Dars jarayoni,O‘quv motivatsiyasi,Ta’lim samaradorligi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.