Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 2-son (2026) · 448-453-betlar
AQSH, BUYUK BRITANIYA VA JANUBIY KOREYA TAJRIBASIDA INGLIZ TILI DARSLARINI RAQAMLI MUHITDA TASHKIL ETISH MEXANIZMLARI
Kholikov, Bakhodir, Холиков, Баходир, Xoliqov, Bahodir
Annotatsiya
Mazkur maqolada AQSh, Buyuk Britaniya va Janubiy Koreya ta’lim tizimlarida ingliz tili darslarini raqamli muhitda tashkil etish mexanizmlari tahlil qilinadi. Raqamli ta’lim platformalari, Learning Management System (LMS), sun’iy intellekt asosidagi adaptiv dasturlar hamda blended learning va flipped classroom modellarining amaliy qo‘llanilishi o‘rganiladi. Tadqiqotda ushbu mamlakatlarda ingliz tilini o‘qitishda qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlar, interaktiv vositalar va baholash tizimlari yoritiladi. Tahlil natijalari raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonini individuallashtirish, o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish hamda o‘qitish samaradorligini oshirishda muhim omil ekanini ko‘rsatadi. Shuningdek, jahon tajribasini milliy ta’lim tizimiga moslashtirish imkoniyatlari muhokama qilinadi.
raqamli ta’lim, ingliz tili, LMS, blended learning, flipped classroom, sun’iy intellekt, adaptiv ta’lim, kommunikativ kompetensiya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.