Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 2-son (2026) · 647-650-betlar
BADIIY MATN TAHLILI YORDAMIDA O‘QUVCHILARDA KREATIVLIK KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH
Ibragimova, Nigora, Ибрагимова, Нигора, Ibragimova, Nigora
Annotatsiya
Zamonaviy axborotlashuv asrida innovatsion texnologiyalarning jadal rivojlanishi jamiyatning har tomonlama o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Kundalik hayotda taniqdiy fikrlash, boshqalar bilan hamkorlikda muammolarni hal etish eng muhim vazifalardan biriga aylandi. Bu, o‘z navbatida, boshlang‘ich sinflar uchun mo‘ljallangan davlat ta’lim standarti, o‘quv reja, o‘quv dasturi va darsliklar mazmunini milliy o‘qitish va ilg‘or davlatlar tajribalariga asoslangan holda takomillashtirish vazifasini ko‘ndalang qo‘yadi. Mazkur maqolada badiiy matn tahlilining o‘quvchilar kreativlik kompetensiyasiga ta’siri, tahlil usullarining samaradorligi hamda bu jarayonni tashkil etishning didaktik imkoniyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlar tahlil qilinadi va amaliy tavsiyalar beriladi.
Kreativ, ijod, matn, kompetensiya, syujet, intellect, matn tahlili, obraz, nutqiy kompetentlik, badiiy matn, estetik
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.