Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 2-son (2026) · 744-748-betlar
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING NOVERBAL MULOQOT KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
Kakhkhorova, Shakhnoza, Каххорова, Шахноза, Qahhorova, Shahnoza
Annotatsiya
Ushbu maqolada noverbal muloqotning mazmuni, uning asosiy shakllari hamda boshlang‘ich sinf ta’lim jarayonidagi pedagogik ahamiyati yoritiladi. Xususan, imo-ishora, yuz ifodasi, ko‘z bilan aloqa, tana harakati, ovoz balandligi, ohang va fazoviy masofa kabi noverbal vositalarning o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi samarali muloqotni ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada noverbal signallar nutq mazmunini kuchaytirishi, o‘quvchilar diqqatini jalb qilishi, qiziqishini oshirishi va sinf muhitini faollashtirishi ilmiy-amaliy jihatdan asoslanadi. Shuningdek, noverbal muloqotning madaniy kontekst bilan bog‘liqligi hamda uni to‘g‘ri talqin qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tiladi. O‘qituvchining noverbal ko‘nikmalari o‘quvchilarning hissiy holatini anglash, pedagogik vaziyatni boshqarish va dars samaradorligini oshirishda muhim omil sifatida baholanadi. Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida noverbal kommunikatsiya ko‘nikmalarini shakllantirish uchun amaliy mashg‘ulotlar, treninglar, videotahlil va simulyatsiyalarning ahamiyati ta’kidlanadi.
noverbal muloqot, noverbal kommunikatsiya, imo-ishora, yuz ifodasi, ko‘z bilan aloqa, tana harakati, tana tili, ovoz ohangi, ovoz balandligi, fazoviy masofa, pedagogik muloqot, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, kommunikativ kompetensiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.