Marketing 3-son (2026)
O‘ZBEKISTONDA AYOLLAR TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BAHOLASHDA “WBL” INDEKSIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Raximova Moxigul Isroiljonovna
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekistonda ayollar tadbirkorlik faoliyatini baholashda Jahon bankining Women, Business and the Law (WBL) indeksidan foydalanish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda WBL indeksi ayollarning iqtisodiy faolligiga ta’sir etuvchi huquqiy, institutsional va amaliy muhitni baholashning muhim xalqaro vositasi sifatida ko‘rib chiqilgan. Indeks tarkibidagi asosiy yo‘nalishlar ayollar tadbirkorligining rivojlanish darajasini aniqlash, mavjud to‘siq va cheklovlarni baholash hamda davlat qo‘llab-quvvatlash siyosatining samaradorligini tahlil qilish nuqtai nazaridan yoritilgan. Maqolada WBL indeksi ko‘rsatkichlarini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirib, ayollar tadbirkorlik faoliyatini kompleks baholash metodikasini takomillashtirish zarurati asoslangan. Tadqiqot natijalari ayollar tadbirkorligini rag‘batlantirish, huquqiy kafolatlarni mustahkamlash va institutsional qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar ishlab chiqish imkonini beradi.
ayollar tadbirkorligi, ayollar tadbirkorlik faoliyati, WBL indeksi, ayollarning iqtisodiy faolligi, tadbirkorlikni baholash, huquqiy muhit, institutsional muhit, gender tengligi, davlat qo‘llab-quvvatlashi, xalqaro indekslar, tadbirkorlik samaradorligi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.