Marketing 2-son (2026)
SANOAT IQTISODIYOTIDA KOʻP MEZONLI OPTIMALLASHTIRISH YONDASHUVLARI
Moʻminova DildoraDilshadovna
Annotatsiya
Maqolada sanoat korxonalarida koʻp mezonli optimallashtirish metodlarining metodologik asoslari nazariy jihatdan tahlil qilingan. Analitik iyerarxiya jarayoni (AHP), TOPSIS, VIKOR va maqsadli dasturlash metodlarining konseptual mohiyati hamda ularning sanoat iqtisodiyotidagi tatbiq imkoniyatlari koʻrib chiqildi. Pareto optimallik tamoyillari asosida ziddiyatli maqsad funksiyalari oʻrtasidagi muvozanat muammosi tahlil qilindi. Resurslarni taqsimlash, ishlab chiqarish rejalarini asoslash va investitsion qarorlarni optimallashtirishda koʻp mezonli yondashuvlarning afzalliklari koʻrsatildi. MCDM metodlarining qiyosiy tavsifi amalga oshirildi hamda ularni sanoat sharoitida qoʻllashning metodik yoʻl-yoʻriqlari ishlab chiqildi. Maqola xulosasi koʻp mezonli optimallashtirishning sanoat iqtisodiyotida qaror qabul qilish sifatini oshirishga qoʻshadigan hissasini asoslab berdi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.