Marketing 3-son (2026)
MINTAQAVIY IQTISODIY RIVOJLANISHDA RAQAMLI INFRATUZILMANING IJTIMOIY TENGSIZLIKNI KAMAYTIRISHDAGI ROLI
Babajanova Dilfuza Abdurasulovna
Annotatsiya
Maqolada raqamli infratuzilmaning hududiy iqtisodiy rivojlanish jarayonidaijtimoiy tengsizlikni qisqartirishdagi o‘rni o‘rganildi. Tadqiqot doirasida O‘zbekistonhududlari kesimida internet kirib borishi, mobil tarmoq qoplami, optik tolali aloqaliniyalari uzunligi va keng polosali ulanish tezligi tahlil qilindi. Jahon banki, ITU vaOECD ma‘lumotlari hamda mahalliy statistik manbalar asosida raqamli tafovut vadaromad tengsizligi o‘rtasidagi bog‘liqlik baholandi. Tahlil natijalari raqamliinfratuzilmaga yo‘naltirilgan investitsiyalar mehnat unumdorligini, bandlik darajasiniva ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini oshirganini tasdiqladi.Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo va Andijon kabi past raqamli qoplamga ega hududlaruchun maqsadli investitsiya yo‘nalishlari belgilandi. Davlat-xususiy sheriklikmexanizmlari va inklyuziv raqamli siyosat orqali hududlararo tafovutni yumshatishbo‘yicha takliflar shakllantirildi.
raqamli infratuzilma, mintaqaviy iqtisodiyot, ijtimoiy tengsizlik, raqamli tafovut, hududiy rivojlanish, inklyuziv siyosat.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.