Marketing 10-son (2025)
OLIY TAʼLIM MUASSASALARI BOSHQARUVINI TASHKIL QILISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR TAHLILI
Oripov Ubaydulla Suxrobovich
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida boshqaruvni tashkil qilishdagi mavjud muammolar nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot davomida boshqaruv jarayonlarining markazlashganligi, murakkab tashkiliy jarayonlar, raqamli boshqaruv tizimlarining yetarli darajada integratsiyalashmaganligi hamda inson resurslarini boshqarishdagi ayrim kamchiliklar ilmiy asosda o‘rganildi. Oliy ta’lim tizimida kuzatilgan miqdoriy o‘sish bilan bir qatorda boshqaruv samaradorligini oshirish zarurati kuchaygani asoslab berildi. Tadqiqot natijasida boshqaruvni detsentralizatsiya qilish, raqamli platformalarni rivojlantirish, strategik rejalashtirishni takomillashtirish hamda ta’lim sifati monitoringini avtomatlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy, moslashuvchan va natijaga yo‘naltirilgan boshqaruv tizimini shakllantirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etdi.
oliy ta’lim, ta’lim boshqaruvi, boshqaruv samaradorligi, strategik boshqaruv, raqamli boshqaruv, ta’lim sifati, inson resurslari, raqamli transformatsiya, ta’lim islohotlari, boshqaruv muammolari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.