Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-jild 4-son (2026) · 34-38-betlar
OLIY TA’LIMDA REGISTRATOR OFISI FAOLIYATINI OPTIMALLASHTIRISHDA INSON OMILI VA ERGONOMIKANING ROLI
Shokirov, Sherali, Шокиров, Шерали, Shokirov, Sherali
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida registrator ofisi faoliyatini optimallashtirishda inson omili va ergonomikaning o‘rni kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi registrator ofisi boshqaruvida inson omilining ta’siri hamda ergonomik yondashuvlar orqali xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish mexanizmlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda tizimli tahlil, qiyosiy yondashuv, kuzatuv va empirik baholash metodlari qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, inson omiliga asoslangan boshqaruv modeli hamda ergonomik muhitni shakllantirish xizmat tezligi, aniqligi va foydalanuvchi qoniqish darajasini sezilarli oshiradi. Xulosa sifatida registrator ofisi faoliyatini optimallashtirishda inson markazli va ergonomik boshqaruv modelini joriy etish zarurligi asoslab berildi.
registrator ofisi, ergonomika, inson omili, oliy ta’lim, boshqaruv, samaradorlik, xizmat sifati, raqamli tizim, KPI, monitoring
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.